Breaking News

Tojikiston g’arb bilan ham, Eron bilan ham yaqinlashish harakatida


Xalqaro muloqotlarda Tojikiston Eron atom programmasini tinch maqsadni ko’zlaydi, deya qo’llab chiqdi. Eron, Afg’oniston va Tojikiston o’rtasida harbiy ittifoq haqida ham gaplar bo’lgani aytiladi.
Xalqaro muloqotlarda Tojikiston Eron atom programmasini tinch maqsadni ko’zlaydi, deya qo’llab chiqdi. Eron, Afg’oniston va Tojikiston o’rtasida harbiy ittifoq haqida ham gaplar bo’lgani aytiladi.

Kuzatuvchilar fikricha, ijtimoiy va iqtisodiy muammolar bilan yuzlashgan Tojikiston siyosatida Rossiyadan uzoqlashish va G’arbga moyillik kuchaygan. Shu bilan birga, G’arbga g’anim Eron bilan aloqalar mustahkamlagan.

Tojikiston tashqi siyosatida Eron muhim o’rin egallab keladi. Eronlik quruvchilar respublikada strategik ahamiyatga ega tog’ yo’llarida tunellar qurmooqda. Yangi GESlar ustida ish olib bormoqda.

Bozor munosabatlari, madaniy hamkorlik o’sib borayapti. Tojikistondan Afg’oniston orqali Eronga olib chiquvchi temiryo’l yotqizilmoqda.

Xalqaro muloqotlarda Tojikiston Eron atom programmasini tinch maqsadni ko’zlaydi, deya qo’llab chiqdi. Eron, Afg’oniston va Tojikiston o’rtasida harbiy ittifoq haqida ham gaplar bo’lgani aytiladi.

Tojikistonlik jurnalist Ne’matullo Mirsaidov nazarida bu kabi loyihalar, uch mamlakat prezidenti o’rtasida qandaydir harbiy tuzilmalar borasida so’z yuritish farosatsizlik.

“Birinchidan, Afg’oniston hali o’zi normal harbiy kuchga ega emas. Ikkinchidan, ular butunlay Eronning ashaddiy dushmani sanaladigan AQSh izmida. Shuning uchun ham Afg’oniston hech qachon o’zini AQShga qarshi qo’ya olmaydi. Tojikiston bu masalada qandaydir xayollarga bormasligi kerak. Bizda rus harbiy bazasi bor… Bu gaplar o’sha vaqtda Eronga xalqaro maydonda faqatgina siyosat uchungina zarur edi”.

Jurnalistning aytishicha, Tojikiston bilan bunday muloqotlar orqali Eron dunyo jamoatchiligiga o’zining yolg’iz emasligini ko’rsatishni istaydi.

Lekin tojikistonlik o’qituvchi Abdufattoh Kuloliy fikricha, “Eron-Tojikistonni ayirish mumkin emas. Eron, Afg’oniston bular yaxlitdir, bir daraxt tanasining ulkan shoxlaridir”.

U aytadiki, hozir Afg’onistondagi holat sabab regionda katta siyosiy kurash ketmoqda. “Tojikistonimizda bugungi ahvol ham aslida o’sha siyosat tufayli. Bizni bu erda ba’zilar paneronizmda ayblaydi. Bu-to’g’ri emas. Eron bizga elatdosh. Eronu Tojikiston birdir. Hududi boshqa bo’lsa ham, millati, qalbi, tili, dili yagonadir”.

Kelib chiqishi Andijondan bo’lgan ziyoli, tojikistonlik fikricha, Eronning bu regiondagi iqtisodiy-madaniy qiziqishlari ortida siyosiy maqsadlar yotadi.

Uning aytishicha, Rossiya Tojikistonda ko’ra-bila turib pozisiyasini boy bermoqda, shu bilan birga na O’zbekiston, na Qozog’istonning bu mamlakatga kirib borishini istaydi. “Bu esa, Qozog’iston ham, O’zbekiston ham istagan integrasiyaga qarshilikdir.”

Uning mulohazalariga ko’ra, shia mazhabidagi Eronning Tojikistonga ta’siri va uning ortidan sodir bo’lishi mumkin bo’lgan o’zgarishlar yaxshilikka olib bormaydi.

“Bu - Rossiyaning uzoq manfaatlariga mos bo’lishi mumkin. Chunki Tojikiston tashqi siyosatida Eron tutgan o’rin, nazarimda, ruslar rejalagan loyiha bo’yicha ketmoqda. Bir tomondan, Rossiya Eron masalasida Amerikaga yon bergandek, ikkinchi tarafdan esa Tojikiston orqali uni qo’llab turibdi”.

Ziyolilar bu kabi fikrlarni “g’arazli odamlarning gapi” deb biladi. Jumladan, Abdufattoh Kuloliy ham shunday o’ylaydi. “Biz bilamizki, Rossiya va Tojikiston, bular bir baytning ikki satrlaridir. Lekin g’arbparast guruhga moyil odamlar borki, Rossiyadan, Erondan uzilishimizni istaydi. Ulardan ehtiyot bo’lishimiz kerak”.

XS
SM
MD
LG