Breaking News

Afg’oniston masalasida Tojikiston aerodromi qo’l kelishi mumkinmi?


Amerikaliklar “Ayniy”da o’rnashgan taqdirda regionda G’arb madaniyatini tiqishtirmasligi, hukumat va odamlar mentalitetiga jiddiy e’tibor qaratishi zarur bo’ladi, deydi ayrimlar.
Amerikaliklar “Ayniy”da o’rnashgan taqdirda regionda G’arb madaniyatini tiqishtirmasligi, hukumat va odamlar mentalitetiga jiddiy e’tibor qaratishi zarur bo’ladi, deydi ayrimlar.

Tojikiston siyosiy-iqtisodiy manfaatlarini ko’zlab Rossiya va G’arb bilan yaqinlashar ekan, yirik davlatlar Afg’oniston strategiyasi doirasida “Ayniy” aerodromidan foydalanish haqida o’ylanmoqda.

Mutaxassislar fikricha, Sovet armiyasi o’z vaqtida foydalangan bu aerodrom qo’l kelishi, Qirg’izistondagi “Manas” va O’zbekistondagi “Navoiy” aerodromlari bilan koalitsiya kuchlari uchun strategik ahamiyat kasb etishi aniq.

Tojikiston Demokratik partiyasi faoli, tahlilchi Abdujabbor Yo’ldoshev bu aerodrom remonti uchun Hindiston qariyb 20 million dollar sarflagan, undan hozir har qanday ob-havoda reaktiv harbiy samolyotlar foydalana olishi mumkin, deydi.

“Uning kimga nasib etishini vaqt ko’rsatadi”, - deydi u.

Ekspert olim Ilhom Yusupov bu masalada Rossiyaning qo’li baland keladi deb o’ylaydi.

“Olti yil oldin Imomali Rahmon Rossiyaga bu aerodromni taklif qilgandi. O’shanda Kreml bu yerni shunchaki tekinga qo’lga kiritishni istagandi”, - deydi Yusupov. “Bu masalada Rossiya va Tojikiston orasida muzokara bormoqda”.

Tahlilchi Yo’ldoshevning aytishicha, “Ayniy”ga egalik Hindiston uchun Pokistonga ta’sir o’tkazish imkoniyatini beradi.

Tojikiston Tashqi ishlar vaziri Hamroxon Zaridiy ham jurnalistlar bilan muloqotda aerodrom ijarasi borasida Rossiyadan boshqa biror davlat bilan muzokara olib borilmayotganini ta’kidlab keladi.

Yusupovning aytishicha, aerodrom Amerikaga o’tishiga Rossiya yo’l qo’ymaydi.

“Birinchidan, Tojikiston Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi orqali Rossiyaga bog’langan. Ikkinchidan, bilishimcha, bu yerdan uchishi mumkin bo’lgan harbiy samolyotlar Rossiya hududidagi har qanday strategik ahamiyatga ega joyni bemalol yo’q qilsh mumkin bo’ladi. Shunday ekan, Amerikaning “Ayniy”ga o’rnashishiga Rossiya barcha choralar bilan qarshilik qiladi”.

Mutaxassislar fikricha, Sovet armiyasi o’z vaqtida foydalangan bu aerodrom qo’l kelishi, Qirg’izistondagi “Manas” va O’zbekistondagi “Navoiy” aerodromlari bilan koalitsiya kuchlari uchun strategik ahamiyat kasb etishi aniq.
Mutaxassislar fikricha, Sovet armiyasi o’z vaqtida foydalangan bu aerodrom qo’l kelishi, Qirg’izistondagi “Manas” va O’zbekistondagi “Navoiy” aerodromlari bilan koalitsiya kuchlari uchun strategik ahamiyat kasb etishi aniq.

Yo’ldoshevning aytishicha, bu masalada Xitoyning mavqei Rossiyaniki bilan mushtarak. Ular aerodromga na AQSh, na Hindiston joylashishini istaydi.

“Aerodrom Hindistonniki yoki Amerikaniki bo’lsa, bundan Xitoy zarar ko’radi. Chunki ular raqib hisoblanadi. Bu masalada Xitoyning Tojikistonga ta’siri anchagina”, - deydi u.

Aerodrom taqdiri, deydi ba’zi tahlilchilar, ko‘proq pulga bog’liq. Ular nazarida aerodrom orqali Tojikiston hukumati ham siyosiy, ham iqtisodiy foyda ko’rishi mumkin.

Yusupovning aytishicha, vujudga kelgan sharoitdan tojik hukumati Rog’un GESi qurilishi uchun sarmoya undirishi mumkin. Aerodrom yiliga 200 yoki 300 million dollar evaziga ijaraga berilsa, “qurilish uchun pul topilgan bo’lardi” deydi u.

“Lekin Tojikiston hukumati Rossiyani chetlab bunga erisha oladimi-yo’qmi, mana masala qayerda”.

Tahlilchi deydiki, AQSh tomoni Tojikiston kuch tizimlari Kamarob dovonida olib borayotgan harbiy amaliyotlardan foydalanib qolishi mumkin. “Bunday sharoitda AQSh Tojikiston hukumatiga Rossiyadan ko’proq yordam ko’rsata olishi mumkin. Agar bu ishda AQSh maxsus xizmati yordam berolsa, Amerikaning imkoniyati yanada katta bo’lardi”.

Yusupov fikricha, amerikaliklar “Ayniy”da o’rnashgan taqdirda regionda G’arb madaniyatini tiqishtirmasligi, hukumat va odamlar mentalitetiga jiddiy e’tibor qaratishi zarur bo’ladi.

“Qirg’izistonda yo’l qo’yilgan xato takrorlanmasligi kerak. Axir Manas bazasida AQSh harbiylari bilan bog’liq voqealarni qancha-qancha yozishdi, “mana sizlarga Amerikaning ishi” deb nimalar deyishmadi”, - deydi Yusupov.

Tahlilchilar “Ayniy” aerodromi masalasida Tojikiston hukumati juda ehtiyotkorlik bilan ish yuritishi, Qirg’iziston voqealarini yoddan chiqarmasligi kerak, deb biladi.

Bu yilgi fojealar “katta davlatlarning mana shunday geopolitik siyosati tufayli sodir bo’ldi” deb hisoblaydi bu ziyolilar.

XS
SM
MD
LG