Yaponiya Tojikistonga eng ko’p gumanitar ko’mak ko’rsatayotgan davlatlardan biri. Ikki mamlakat o’rtasidagi do’stona aloqalar yil-sayin rivojlanib bormoqda.
Tojikistondagi fuqarolik urushi yillarida yapon hukumati o’z yordamini ayamagan.
Region xavfsizligi, toza suv muammolari, ekologiya, maorif va sog’liqni saqlash kabu muhim sohalarda Yapоniya hukumati qator yillardan bei Tojikistonga beg’araz yordam ko’rsatib kelmoqda.
O’n yildan beri Tojikistonda tojik-yapon do’stligi uyushmasi faoliyat ko’rsatmoqda. Yaponiyada ham shunday markaz bor.
Yaponiya davlat va nodavlat tashkilotlarining turli loyihalar bo’yicha Tojikistonga ajratgan grantlari miqdori bir necha million dollardan ortadi. Bular orasida Tojikiston milliy tarix muzeyiga texnik yordam, markaziy rayonlarda salomatlik markazlarini qurish va qayta ta’mirlash, tumanlarda ichimlik suv tarmoqlarini tashkil etish singarilar diqqatga sazovordir.
Yaponiyadagi singari Tojikistonda ham radioaktiv xavfsizlik jiddiy muammo hisoblanadi. Respublikada turli ma’lumotlarga qaraganda 50 million tonnadan ortiq radioaktiv chiqindilar yig’ilib qolgan. Ularni zararsizlantirishga tojik hukumati ojizlik qiladi.
Mahalliy ekologlarning aytishicha, respublikaning Sug’d viloyati Taboshar va Dehmy aholi punktlari yaqinidagi radioaktiv chiqindilar yig’ilgan joylar deyarli qo’riqlanmaydi.
Radiatsion ekologiya bilan shug’ullanib kelayotgan mutaxassisi, professor Hotam Murtazoyevning aytishciha, insonlar hayotiga xavf solib kelayotgan yirik ajal makonlaridan biri Go’ziyon qishlog’i yonida joylashgan bo’lib, unda qariyb 20 milloin tonna zararli chiqindilar bor.
“Uning maydoni 90 gektar bo’lib, 19,8 milion tonna radioaktiv moddalar mavjuddirki, shamol natijasida yoki odamlar borib biron ish bilan mashg’ul bo’lsalar albatta zarar etishi mumkin.
Yaponiyani qaqshatgan zilzila, sunami... Bugungi vaziyat
Tojik onkologlarining aytishicha, bunday holat xalq orasida turlicha o’sma kasalliklarining ortib borishiga, irsiy bemorlar miqdorining oshib ketishiga sabab bo’ladi.
“Saraton kasalligi, tug’ma nuqson bilan tug’uluvchi bolalarning ko’payishiga olib keladi, erkak a’zolariga ta’sir etkazishi mumkinki, bu ham kelajakda inson nasliga salbiy ta’sir etkazmasdan qolmaydi” deydi bir mahalliy tojik tabibi.
Murtozoyevning aytishicha, og’ir iqtisodiy sharoit sabab, ochiq radioaktiv chiqindixonalarda qurilish materiallari izlab topib, uni ishlatish yoki sotish bilan shug’ullanayotgan odamlar bor.
“Natijada radioaktiv mahsulotlar uzoq joylarga ketib qolishi, kimlarningdir uyida uzoq yillar ajal manbasiga aylanisi mumkin.”
Professor Tojikistondagi ayrim chiqindixonalarda radioaktivlik 2000 mikrorentgent soatga etishini ta’kidlaydi. Uning aytishicha, ana shunday joylarda ham odmlarning daromad ilinjida ishlayotgani juda xatarlidir.
“Bu genofondga salbiy ta’sir etkazadi. Natijada sog’lom avlod tug’ilishi bir muammoga aylanadi. Afsusuki, hozir bu masala yaqin o’rtada hal bo’lishiga ishonish qiyin. Chunki, sharoit bunga etarli emas.”
Kunchiqar mamlakatda esa tabiiy ofat tufayli Fukusima AESidagi halokat sabab radiatsiya xavfi kuchaygan.
“Yapon xalqi kuchli millat, biz bu baxtsizlikdan yaqin besh yil orasida soqit bo’lamiz deb umid qilamiz” deyishadi yapon mutaxassislari.
Tojikistonda esa, ajal makonlaridan qachon qutilishadi, hech kim bilmaydi. Bu erda qattiq er silkinishi yoki kuchli suv toshqini bo’lishidan xudoning o’zi asrasin deb duo qilishadi.