Breaking News

Xitoy terrorga qarshi kurashda xalqaro hamjamiyatni hamkorlikka chaqirmoqda


O’tgan oy Tyananmen maydonida qonli hujum yuz bergach, Xitoy hukumati terrorizmga qarshi xalqaro hamkorlikni kuchaytirishga chaqirmoqda.

Jangari islomiy forumlarni kuzatib boruvchi “SAYT” monitoring xizmatining xabar berishicha, o’tgan hafta Turkiston islomiy partiyasi yetakchisi Abdulloh Mansur audiomurojaat e’lon qilib, Xitoyga qarshi hujumlarni ko’paytirishi haqida ogohlantirgan.

Bunga javoban Xitoy Tashqi ishlar vazirligi so’zlovchisi Qin Gangning aytishicha, bu murojaat tashkilotning terrorchilik bilan shug’ullanishiga yana bir dalildir.

Rasmiyga ko’ra, Turkiston islomiy partiyasi hamda Sharqiy Turkiston islomiy harakati bir tashkilot bo’lib, Tyananmen maydonida yuz began jinoyat uchun javobgardir.

O’tgan oy Shinjon viloyatiga mansub uch uyg’ur Pekindagi ko’hna shahar darvozasiga mashina bilan kelib urilib, o’zlarini va yana ikki yo’lovchini halok qilgan edi. Hukumat bu harakatni terror ishi deya baholadi.

So’nggi yillarda Shinjon viloyatida yuz bergan qator hujumlarda hukumat islomiy kuchlarni ayblaydi. Mahalliy uyg’ur faollarining aytishicha, hukumat uyg’urlarga qarshi olib boruvchi qattiq siyosatini oqlash uchun Sharqiy Turkiston islomiy harakati amalga oshirgan ishlarni bo’rttirib ko’rsatmoqda. Ular rasmiy Pekinning mahalliy ozchilik aholi dini va madaniyatini yo’q qilish payida ekanini aytadi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG