Breaking News

Kapitoliyga yangi yil archasi o'rnatildi


AQSh Vakillar palatasi spikeri Jon Beyner Kapitoliyga o'rnatilgan archani yoqish marosimida so'zlamoqda
AQSh Vakillar palatasi spikeri Jon Beyner Kapitoliyga o'rnatilgan archani yoqish marosimida so'zlamoqda
Poytaxt Vashingtonning Kapitoliy tepaligiga yangi yil archasi o'rnatildi. Unga osilgan chiroqlarni yoqish marosimida AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri Jon Beyner ishtirok etdi. Shuningdek, tadbirda Kongressning boshqa bir qator vakillari ham qatnashgan.

27 metrli ulkan archa Vashington shtatidagi Kolvil milliy o'rmonidan olib kelingan. U shu paytgacha Kapitoliyga o'rnatilgan archalar ichida kattaligi bo'yicha ikkinchi orinni band etdi.

Archani bezashda 5000 dan ortiq o'yinchoqlar va turli chiroqlardan foydalanilgan. Ular mamlakat bo'ylab "Vashingtonning yaxshi tabiatidan bahra olaylik" nomli kampaniyada ishtirok etgan yuzlab bolalarning qo'li bilan yasalgan.

Har yili Rojdestvo bayrami arafasida Kapitoliyga archa daraxtini o'rnatish urf bo'lgan. Bu marosim ilk bor 1964-yilda o'tkazilgan edi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG