Breaking News

Oziq-ovqat yordam dasturi besh milliard dollarga qisqaradi


Oziq-ovqat uchun yordam kesilmoqda
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:52 0:00
Shukronalik bayrami azaldan amerikaliklar uchun mo’l-ko’l hosildorlik ramzi bo’lib kelgan. Ammo bu yil bayram arafasida AQSh hukumati kam ta’minlangan oilalarga oziq-ovqat beruvchi yordam dasturini qisqartirishga qaror qidli. Xayriya tashkilotlari yordamning kamayshidan hosil bo’lgan bo’shliqni to’ldirish uchun xayr-ehsonlarni ko’paytirishga bel bog’lagan. Lekin bu yetarli emas.

Vashingtondagi Oziq-ovqat yordam markazida bu oy ko’ngillilar o’tgan oyga qaraganda 50 foiz ko’proq ovqat tarqatish niyatida. Bu hukumatning oziq-ovqat dasturiga kiritilgan besh milliard dollarlik qisqarishning o’rnini qoplashga qaratilgan kamtarona urinish.
Bu kabi xayriya tadbirlari bayram arafasida qashshoq oilalar joniga oro kirsa ham, uzoq muddat davomida shunday yordamlarni yetkazib turish imkonsiz, deydi tashkilot yetakchilaridan biri Brayan Benks.

“Poytaxtdagi Oziq-ovqat markazi qisqarishning o’rnini qoplaydigan darajada yetarli yegulik yig’a olmaydi. Biz qila oladigan ish, qo’ldan kelgancha, oziq-ovqat sotib olish, ehsonlar yig’ish va ularni imkon qadar ko’proq odamga tarqatishdir”, - deydi u.

Aslida oziq-ovqat yordam dasturida qisqarish yuz bermadi. Aksincha, iqtisodiy inqiroz davrida dasturni kengaytirish uchun ajratilgan mablag’ni to’xtatishga qaror qilindi.
AQSh iqtisodiyoti o’zini o’nglab olgan bo’lsa ham, ishsizlik darajasi hanuz yuqori. Davlatdan oziq-ovqat uchun yordam oluvchilar soni 47 milliondan oshgan.
Shunga qaramay, AQSh Kongressi kelgusi 10 yil ichida byudjet kamomadini qisqartirish uchun oziq-ovqatga ajratiladigan yordamni 40 milliard dollargacha kamaytirmoqchi.

“Meros” jamg’armasi tahlilchisi Reychel Sheffildning aytishicha, yordam oluvchilar orasida firibgarlikni kamaytirish hamda davlat dasturlariga qaram bo’lib qolishning oldini olish maqsadida tizim isloh qilinishi kerak.

“Odamalarni ish topishga undovchi, ularni ishga tayyorlovchi, hech bo’lmaganda, ish qidirishlarini ta’minlovchi bir tizim bo’lishi kerak. Soliq to’lovchilar ham, yordam oluvchilar ham bundan manfaatdor”, - deydi u.

Qashshoqlar huquqlarini himoya qiluvchi guruhlar fikricha, yordam oluvchilarning aksariyati ishlaydi, ammo topgan daromadlari oilalarini ta’minlash uchun yetarli emas. “Volmart” do’konlar majmuasi yaqinda yordamga muhtoj ishchlari uchun oziq-ovqat xayriya tadbirini o’tkazgani faollar tandiqiga uchradi.

Benksning aytishicha, ko’plab ishli oilalarning hanuz davlatdan oziq-ovqat uchun yordam olishi ajablanarli emas.

“Yordam oluvchi odamlarning aksariyati har kuni to’qqizdan beshgacha ishlovchi odamlardir. Ishlaydigan oilalar. Faqat kambag’al ishchilar. Ular yordamga muhtoj. Ayrimlar uchun bu oyoqqa turib olishning so’nggi chorasi”, - deydi u.

Bu yil amerikaliklar Shukronalik kunini nishonlash uchun yig’ilar ekan, ayrim kam ta’minlangan oilalar dasturxonida ovqat o’tgan yilgidan kamroq bo’lishi mumkin.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG