Breaking News

Sayyorani toza saqlash trillionlab dollarga tushadi


Iqlim va biznes
Iltimos, kuting...
Embed

No media source currently available

0:00 0:02:16 0:00

O’tgan yilning dekabrida Fransiyada 196 davlat iqlim o’zgarishiga doir tarixiy kelishuv imzolagan edi. Hujjatda bitilgan vazifalarni bajarish, toza energiya manbalarini rivojlantirish yirik sarmoya talab qiladi. Ammo hozirgi sharoitda mablag’ – aksar mamlakatlar uchun chigal masala.

Yaqinda BMTning Nyu-Yorkdagi qarorgohida o’tgan sammitda bu shaharning sobiq meri, yirik tadbirkor Maykl Blumberg ham qatnashdi. Uning aytishicha, iqlim o’zgarishiga qarshi kurash va iqtisodiy o’sish chambarchas bog’liq.

Blumberg mer bo’lgan davrida ham, hozir ham ekologik loyihalarni olg’a surib keladi.

“Harorat ko’tarilib borayotganiga ishonmaydigan odamlar bor. Atrofga qarang: suv bo’lmagan joyda toshqinlar ro’y berayapti. Dengiz bor joyda qurg’oqchilik. Ayrim hududlarda qor yog’may qo’ygan”, - deydi u.

So’nggi yillarda, deydi milliarder, AQShda mahalliy hukumatlar va xususiy sektor ancha ishni amalga oshirdi. Mamlakatdagi 500 ko’mir zavodlaridan 200 tasi yopilgan.

Xitoy hukumatining ham iqlim o’zgarishiga doir tashabbuslari, jumladan, Pekinda to’rt ko’mir zavodi yopilgani maqtovga sazovor.

BMTda ekologiya masalalari bo’yicha bosh ramsiy rahbari Kristiana Figeres investorlarga murojaatida deydiki, 2030-yilga borib zararli gazlar miqdori keskin kamayishi kerak.

“An’anaviy energiya manbalariga sarmoya qilaversak, bunga erisha olmaymiz”, - deydi u.

Parijda imzolangan kelishuv doirasida davlatlar o’z va’dalarini bajarishi trillionlab dollarga tushadi. Mutaxassislar hisobicha, o’rtacha harorat 2 darajadan oshmasin desak, kelasi 36 yil mobaynida yiliga 1 trillion dollardan mablag’ ajratish lozim.

AQSh sobiq vitse-prezidenti Al Gor, yillardan buyon atrof-muhit muammolari haqida gapirib kelayotgan arbob fikricha, yaqin kelajakda tabiiy manbalardan quvvat olish arzonlashadi. Sayyorani butun insoniyat uchun toza saqlashga, deydi u, biznes ahli katta hissa qo’sha oladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG