Breaking News

Vashingtonda minglab odam yig’ilib iqlimga e’tibor qaratdi


Yangi quvur atrof-muhitga ziyon qilib, havoda zaharli gazlar miqdori oshishiga yetaklashi mumkin.
Yangi quvur atrof-muhitga ziyon qilib, havoda zaharli gazlar miqdori oshishiga yetaklashi mumkin.
Barak Obama prezidentligining ikkinchi muddatida iqlimga e'tiborni oshirmoqchi. Yer sharida harorat tobora ko'tarilib borayotgani salbiy o'zgarish va uning oldini olish uchun harakat qilish har bir inson va hukumatning burchi, deydi prezident.

Atrof-muhit himoyasi/Nasiba Tohir
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:01 0:00
Yuklab oling

Vashingtonda butun dunyodan faollar yig'ilib, AQShdan keskin choralar ko'rishni talab qilmoqda. Ular nazarida Obama gapdan amaliy qadamlarga o'tishi kerak.

Minglab namoyishchilar Kanada, Qo’shma Shtatlar va Meksika ko’rfazini bog’lashi kutilayotgan neft quvuriga oyoq qo’li bilan qarshi.

Prezident Obama qariyb 3 ming kilometrlik Keystone XL quvurini rad etishi kerak, deydi ular. Chunki loyiha atrof-muhitga ziyon qilib, havoda zaharli gazlar miqdori oshishiga yetaklashi mumkin. Prezident elektr zavodlari tarqatuvchi zararli gazlarga ham cheklov qo’ysin, deydi ular:

“Xalq norozi va davlat rahbari bunga e’tibor berishi kerak. Katta korporatsiyalar emas, oddiy odamlar dardiga quloq solsin”.

Vashingtondagi bu mislsiz yirik namoyishga ekologiya himoyasi bilan shug’ullanuvchi guruhlar yetakchilik qildi.

Hukumat loyihaga tuzatish kiritib, endi quvur ekologik jihatdan nozik hududlarni chetlab o’tishi kutilmoqda. Davlat departamenti proyekt tafsilotlari bitilgan hujjatni e’lon qilish taraddudida. Lekin Obama ma’muriyati iqlim o’zgarishini ustuvor yo’nalishlardan biri deb tan olar ekan, quvur qog’ozda qolib ketishi hech gapmas.

To’rt yarim yildan beri havoda muallaq turgan tashabbusning tarafdorlari nima deydi? Amerikani energetik tobelikdan xalos etib, o’n minglab yangi ish o’rinlari yaratishi mumkin bu loyiha.

“Prezident muqobil energiya manbalariga berilib, real vaziyatni inobatga olishni unutib qo’ymoqda. Holbuki, 20 yil bilan qiyoslaganda, bugun Qo’shma Shtatlar havoni kamroq bulg’ayapti”, - deydi qonunchi Ed Vitfild.

Neft quvurining tarafdorlari va qarshilar qarorida qat’iy va tortishuv hali davom etishi muqarrar.

AQSh va global iqlim/US Climate Change
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:30 0:00
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG