Breaking News

Qatarda Kioto protokolini yangilash muhokamada


Qatarda atmosferada zararli gazlarni kamaytirishga doir ikki haftalik muzokaralar boshlandi. BMT shafe’ligida o’tkazilayotgan anjumanda qariyb 200 davlat rasmiylari Kioto protokolini uzaytirish xususida gaplashadi.

Qatarda Kioto protokolini yangilash muhokamada/Nasiba Tohir
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:05 0:00
Yuklab oling

Kundalik Eshittirish
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:30:00 0:00
Yuklab oling

Joriy yilda eskiradigan hujjat rivojlanayotgan davlatlarni havoga chiqadigan gazlarni 1990-yilgi ko’rsatkichdan besh foizga kesishga da’vat etadi. Lekin ekspertlar davlatlar murosa qilishi gumon, deb hisoblaydi.

Havoni eng ko’p bulg’ayotgan Qo’shma Shtatlar va Xitoy 1997-yilda erishilgan Kioto protokoliga qo’l qo’ymay keladi. Rossiya, Yaponiya va Kanada yangilangan hujjatni imzolamoqchi emas.

Bu esa protokol muddati uzaygach, atmosferani ifloslayotgan davlatlarning faqat 15 foizini qoplaydi degani. Olimlarning aytishicha, aynan inson faoliyati bois tarqalayotgan milliardlab tonna zararli gazlar sayyorada harorat oshishiga, iqlim o’zgarishiga sabab bo’lmoqda.

BMT anjumanida global iqlimga doir boshqa bir yangi bitim ham muhokama qilinadi. Hujjat 2015-yilda tugal ishlab chiqilib, 2020-yilda kuchga kirishi kerak.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining so’nggi hisobotiga ko’ra, sayyorada harorat ko’tarilishini jilovlash uchun tezkor choralar lozim. Maqsad shuki, havo ikki darajadan ko’pga oshmasligi kerak. BMTning bildirishicha, 2000-yildan beri zararli gazlar miqdori 20 foizga ortgan. Hozirdan tadbir ko’rilmasa, asr oxirigacha harorat uch-besh darajaga oshadi.

Oksford Universiteti professori Diter Xelm nazarida Kioto protokoli havoni tozalashga sezilarli hissa qo’shmadi. Hujjatning asosiy nuqsoni shuki, u atmosferani ifloslayotgan davlatlarning bir qismini qamraydi, xolos. Masalan, G’arb muammoga sababchi sanoatdan chekina boshlagan, deydi olim.

“G’arb davlatlari kir havodan nafas olayotgani uchun kompaniyalar va boshqa yurtlarga soliq solishi kerak”, - deydi Xelm.

Ekologiya uchun kurashayotgan “Greenpeace” tashkiloti xodimi Rut Deyvis fikricha, Kioto protokolining ahamiyati katta.
Hujjatning asosiy nuqsoni shuki, u atmosferani ifloslayotgan davlatlarning bir qismini qamraydi, xolos.


“Bu muhim xalqaro kelishuvdir. Hujjat aniq qoidalarni belgilab beradi, u yoki bu davlat nima qilayotganidan ogoh qilib turadi. Javobgarlik, bog’liqlik hissini paydo qiladi”, - deydi Deyvis.

Iqlimga doir 2011-yilgi anjuman natijasiz tugaganida faollar e’tirozini yashirmagan edi.

Qatnashchilar sonida ham gap ko’p, deb hisoblaydi Ist Angliya Universiteti olimi Xeyke Shroder.

“Kichik davlatlar oz sonli delegatsiya jo’natadi. Masalan, Kopengagendagi tadbirga Somalidan uch kishi, Braziliyadan 600 odam borgan edi. Farqni qarang. Bu mayda mamlakatlar hamma muzokaralarda teng qatnasha olmaydi degani”, - deydi Shroder.

Oksford Universiteti professori Diter Xelm nazarida bu galgi uchrashuvdan ko’pam umid qilmaslik kerak.

“Hozirgiday ketaversa, 2020-yilda Xitoy va Hindiston iqtisodiyoti ikki karra o’sadi. 400-600 gigavatt ko’mir ishlab chiqariladi. Havoga yana millionlab tonna karbonad angidrid tarqaladi”, - deydi ekspert.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG