Breaking News

Klinton jamg'armasi faoliyati saylov kampaniyasiga ta'sir qiladimi?


AQSh sobiq Prezidenti Bill Klinton ta'sisligidagi jamg'arma xorijiy davlatlar tomonidan qilingan xayriya hisobotida xatoga yo'l qo'yilganini tan oldi. Hozir bu xato prezidentlikka nomzodini e'lon qilgan Hillari Klintonning saylov kampaniyasida salbiy aks-sado berishi mumkin.

Jamg'arma so'nggi bir necha yilgi soliq deklaratsiyalarini qaytadan to'ldirishini bildirmoqda. Deklaratsiyalarda jamg'armaning daromadi aniq ko'rsatilgan, faqat xorijdan tushgan xayriya bilan ichki xayriya qo'shilib ketgani aytiladi.

Klintonning tanqidchilari nomzodni tovlamachilikda ayblamoqda.

Xabarlarga ko'ra, jamg'armaga Saudiya Arabistoni, Norvegiya, Avstraliya, Dominikan Respublikasidan 10 milliondan 20 million dollargacha, Quvayt, Irlandiya, Niderlandiyadan besh milliondan 10 million dollargacha, Qatar va Birlashgan Arab Amirliklaridan bir milliondan besh million dollargacha xayriya tushgan.

Klinton xonim 2001-yilda turmush o'rtog'i asos solgan tashkilot faoliyatida qatnashmaydi. Jamg'arma ayollar va qizlar uchun ta'lim va iqtisodiy imkoniyatlarni oshirish, iqlim o'zgarishi, SPIDga qarshi kurash bilan shug'ullanadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG