Breaking News

AQSh Fors ko'rfazi davlatlarining sodiq ittifoqdoshi, deydi Klinton


Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vaziri Saud Al-Faisal, AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton va Quvayt Tashqi ishlar vaziri Shayx Saboh Xolid al-Hamad Al-Saboh, Riyod, 31-mart, 2012
Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vaziri Saud Al-Faisal, AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton va Quvayt Tashqi ishlar vaziri Shayx Saboh Xolid al-Hamad Al-Saboh, Riyod, 31-mart, 2012

Saudiya Arabistonida o’tgan xalqaro anjumanda AQSh Fors ko’rfazidagi davlatlarning yaqin do’sti ekanini ta’kidlab o’tdi.

Davlat kotibasi Xillari Klinton Riyodda so’zlar ekan, Bahrayn, Quvayt, Oman, Qatar, Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari mudofaa tizimlarini mustahkamlash, Eron xavfidan himoya qilish uchun Qo’shma Shtatlar yordamga tayyor dedi.

“Eron o’z atom dasturi bilan bog’liq xavotirlarga javob berishi va xalqaro hamjamiyat bilan til topishishga harakat qilishi kerak”, - deydi Klinton xonim.

13-14 aprel kunlari Istanbulda Eron rasmiylari xalqaro diplomatlar bilan muloqot qiladi. AQSh rasmiylari bu Tehron uchun katta imkoniyat, deydi.

Fors ko’rfazi hamkorlik kengashi Suriyadagi vaziyatni ham muhokama qilgan. Saudiya Arabistoni nazarida u yerdagi ahvol butun mintaqani beqarorlashtirmoqda.

Kengash Suriyada hukumat bilan olishayotgan kuchlarni qurollantirish kerak degan fikrda, ammo AQSh bunga ko’nmagan.

Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vaziri Shahzoda Saud al-Faysal deydiki:

“Muxolifatni qurol bilan ta’minlash burchimiz, nazarimda, chunki u o’zini boshqa yo’l bilan himoya qila olmaydi".

Suriya hukumati bu orada inqilobning oldi olindi deya bong urmoqda. Barqarorlikni tiklash uchun harbiy choralar ko’riladi va shu sabab ham tanklar shaharlardan chiqmaydi, deyiladi Bashar al-Assad ma’muriyati bergan bayonotda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG