Breaking News

Xillari Klinton: Janubiy Afrikaning global nufuzi oshib bormoqda


AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton Janubiy Afrika Tashqi ishlar vazirasi Maite Nkoana-Mashabane bilan uchrashmoqda, Pretoriya, Janubiy Afrika, 7-avgust, 2012-yil.
AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton Janubiy Afrika Tashqi ishlar vazirasi Maite Nkoana-Mashabane bilan uchrashmoqda, Pretoriya, Janubiy Afrika, 7-avgust, 2012-yil.
AQSh Davlat kotibi Xillari Klintonning Afrika bo’ylab safari davom etmoqda. Janubiy Afrika poytaxti Pretoriyada o’tgan ikki tomonlama muzokaralarda Klinton bu davlatning jahon siyosatidagi nufuzi oshib borayotganini ta’kidlab, AQSh bilan munosabatlarni kuchaytirishga chaqirgan.

Muloqot chog’ida iqtisodiy hamkorlik, xavfsizlik, VICh/SPIDga qarshi kurash, Suriya va Kongo Demokratik Respublikasidagi vaziyat muhokama etilgan.

Klintonning tan olishicha, ikki davlat ba’zi masalalar bo’yicha turlicha qarashlarga ega.

"Bir xil fikrli ikki odamni uchratish mumkin emas. Davlatlar ham shunday. O’zaro do’st bo’lsa-da, ba’zida bir-birining fikriga qo’shilmasligi mumkin. Muhimi shuki, mana shunday muloqot orqali munozarali masalalarga birgalikda yechim topamiz", - deydi Klinton.

Qo’shma Shtatlar Janubiy Afrikani BMT Xavfsizlik Kengashida Suriyaga doir choralarni qo’llab-quvvatlashga chaqirib keladi. Kengashdagi ovoz berishlarda Janubiy Afrika bu masalada betaraf bo’lib kelgan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG