Amerika Davlat kotibasi Xillari Klinton fikricha, Suriya milliy kengashi yetakchi muxolif guruh nomiga munosib emas.
Notinch Suriyada prezident Bashar al-Assadga qarshi kurashayotgan kuchlar birlashib, bu yurtda yashovchi barcha elatlar manfaatini himoya qiluvchi epli bir rahbariyat tanlashi kerak, deydi diplomat.
Klinton so’zlariga ko’ra, Obama ma’muriyatining Suriya milliy kengashidan hafsalasi pir bo’lgan.
“Guruh kattaroq oppozitsiya safiga kirishi mumkin. Muhimi bu muxolifat tarkibida Suriyada yashayotgan fuqarolar kirishi lozim”, - dedi Amerika bosh diplomati.
Vashington e’tirozi shu ediki, xorijda asoslangan milliy kengash Suriyadagi kuchlar bilan til topisha olmadi, tomonlar hokimiyat talashishdan bo’shamay, xalqning har bir qatlamini, jumladan, ozchilik elatlar sanalmish alaviylar va kurdlarni jalb qila olmadi.
Assadga muxolif guruhlar kelasi hafta Qatarda uchrashishi kutilar ekan, Qo’shma Shtatlar oppozitsiyaga kimlar qo’shilishi kerakligi borasida o’z tavsiyalarini taqdim etgan.
Vashington BMT va Arab Ligasi elchisi Laxdar Braximiyning Suriyada vositachilik harakatlaridan hamon umidvor. Lekin Rossiya va Xitoy BMT Xavfsizlik Kengashida Assad boshqaruvini jilovlash borasida tashabbuslarni qayta-qayta rad etar ekan, fursatni boy berayapmiz, deydi Xillari Klinton.
Faollar so’zlariga ko’ra, bugun Suriyada isyonchilar armiya nazorat punktlariga hujum qilib, 28 askarni o’ldirgan. Hukumat bu xabarga izoh bermayapti. Britaniyada asoslangan huquq tashkilotining bildirishicha, xuruj Idlib viloyatida ro’y berib, besh isyonchi ham halok bo’lgan.