Breaking News

Qurbon hayitida Iroq va Suriyada qonli xurujlar


Shia muslimalar hayit namozida, Bag'dod, 26-oktabr, 2012
Shia muslimalar hayit namozida, Bag'dod, 26-oktabr, 2012

Iroq ahli Qurbon hayitini nishonlar ekan, mamlakatning bir necha joyida portlashlar yuz bergan. 15 kishi o’lgan. Asosan shia ziyoratchilar.


"Amerika Ovozi" xabarlari, 27-oktabr, 2012
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:06:01 0:00
Yuklab oling

Portlashlarning eng yirigi poytaxt Bag’dodda ro’y bergan. Masjidga shia namozxonlarni olib ketayotgan avtobus nishonga olingan. Haydovchi va barcha yo’lovchilar halok bo’lgan.

Yana bir xuruj esa gavjum bozorda bo’lib, besh kishini, jumladan bolalarni hayotdan olib ketgan.

Tergovchilar xulosa qilishga erta deydi, ammo ko’pchilik taxminicha bu sunniy jangarilar ishi.

2007-yildan beri Iroq nisbatan tinch, ammo o’tgan ikki oyda 365 kishi yuqoridagi kabi hujumlarda nobud bo’ldi. Hukumat mazhablararo nizolar qo’zg’ashga undayotgan kuchlar bor deb, aybni asosan Al-Qoida bilan aloqador guruhlarga qo’ymoqda.

Suriyada hayit oldidan tuzilgan sulh buzilmoqda. Deir Izzor shahrida cherkov nishonga olingan. Yengil mashinaga qo’yilgan bomba portlagan.


Hukumat xurujda muxolif kuchlarni ayblamoqda. Besh kishi halok bo’lgan.

Kechaning o’zida Suriya bo’ylab hukumatga qarshi turli chiqishlarda 150 odam o’lgan.

Harbiylar zo’ravonlik qilayotgan isyonchilarning o’zi desa, isyonchilar hukumat kuchlari fuqarolarni o’ldirmoqda, deydi.

Voqea joylariga jurnalistlar qo’yilmayotgani sabab haqiqatni aniqlash mushkul.

Kecha prezident Bashar al-Assad Damashqdagi katta masjidda hayit namozi o’qigan. Undan so’ng jamoatchilik bilan qisqa muloqot qilgan.

Assad Suriyadagi notinchliklarda G’arb va qo’shni davlatlarni va ayblaydi. O’zini muxolif kuch deb atayotgan “terror guruhlarini” mana shu mamlakatlar quvvatlamoqda, deydi prezident.

G’arb va Arab Ligasi esa Assadni hokimiyatdan ketishga undashda davom etmoqda. Xalq undan to’yganini deyarli ikki yildan beri tinmayotgan qozg’olon va namoyishlardan bilish mumkin, deydi diplomatlar.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG