Breaking News

Trampning sobiq advokati uni qora ishlarda aybladi


Prezidentning sobiq advokati: Tramp yolg'onchi va qallob
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:00 0:00

Donald Tramp - irqchi, yolg’onchi va firibgar. 10 yildan oshiq Trampning advokati bo’lgan Maykl Koen Kongress huzurida prezidentni shunday so’zlar bilan tasvirladi. Uning da’vo qilishicha, Tramp tadbirkor sifatida ham, Oq uyga saylanganidan keyin ham turli xil jinoyatlarga qo’l urgan. Prezidentning partiyadoshlari uni jon-jahdi bilan himoya qilmoqda. Bir qancha tekshiruvlar bilan yuzlashayotgan Trampning o’zi ham sobiq advokatini qoraladi.

Maykl Koen 10 yildan oshiq Trampning advokati va maslahatchisi bo’lgan. Ko’p narsani ko’rgan.

“Tramp irqchi, firibgar va qallob. Prezidentlikka nomzodlik paytida u Demokratik partiyadan o’g’irlangan elektron xatlar ommaga fosh etililishini oldindan bilgan”, - deydi Koen.

Trampning saylov kampaniyasi Hillari Klintondan ustun kelish uchun nimalar qilganini ochiq aytayapman, deydi sobiq advokat. Maykl Koen, jumladan, oldingi chiqishida Kongressga yolg’on gapirgani uchun uch yillik qamoq jazosiga mahkum etilgan.

“Tramp ko’zimga qarab, Rossiyada biznesim yo’q, der edi. Amerika xalqini ham shunday gaplar bilan aldagan. Uning yolg’onlarini takrorlashdan boshqa ilojim yo’q edi”, - deydi Koen.

Mayk Koen
Mayk Koen

Tramp kampaniyasi Rossiya bilan til biriktirganidan xabarim yo’q, deydi u. Ammo Koen Tramp boshqa bir mojaroni bosti-bosti qilishga harakat qilganini aytib berdi.

“Tramp menga yozib bergan 35 ming dollarlik chek nusxasini o’zim bilan olib keldim. 2017-yilning avgustida, prezidentlik paytida chek ustiga o’zi qo’l qo’ygan”, - deydi u.

Koenga ko’ra, Tramp porno aktrisa Stormi Daniels bilan shahvoniy aloqada bo’lganini yashirish uchun unga katta pul bergan. Maykl Koen buni isbotlovchi hujjatlarni qonunchilarga taqdim etdi.

“Uning asl maqsadi prezident bo’lish emas, o’zini reklama qilib boyligini oshirish edi xolos”, - deydi advokat.

Respublikachilarga ko’ra, Koen qamoqqa ketayotgan jinoyatchi, unga ishonib bo’lmaydi.

“Maqsad haqiqatni yuzaga chiqarish bo’lsa, demokratlar halol odamni chaqirgan bo’lardi”, - deydi Mark Grin.

Koenning prezidentga qarshi xusumati bor, deydi respublikachilar.

“Sizni Oq uyga ishga taklif qilishmagan, sabab shu”, - deydi Jim Jordan.

Demokratlarga ko’ra esa Trampning qora ishlari fosh bo’lyapti.

“U o’zini qutqarish uchun hech narsadan tap tortmasligi ayonlashib bormoqda. Kerak bo’lsa adolat yo’liga to’siqlar qo’yishga, qonunlarni buzishga tayyor", - deydi qonunchi Jeki Spiyer.

Ammo prezidentni ishdan olish uchun shuning o’zi yetarlimi?

“Jiddiy jinoyatlar sodir etilganini bilamiz. Lekin bular respublikamiz va demokratiyamizga qarshi jinoyatlarmi? Buni xalq sifatida muhokama qilishimiz kerak”, - deydi Kongress a’zosi Jeymi Raskin.

Maxsus prokuror Robert Myuller Tramp kampaniyasi va Rossiya o’rtasidagi aloqalarni tekshirmoqda. Yaqin orada xulosalarini bilib olamiz.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG