Breaking News

AQSh qonunchilari Pokistondagi yadro qurollari taqdiridan xavotirda


Pokiston ballistik raketani sinovdan o'tkazmoqda, 11-dekabr, 2015-yil.
Pokiston ballistik raketani sinovdan o'tkazmoqda, 11-dekabr, 2015-yil.

Har ikki partiyaga mansub AQSh qonunchilari Pokistonda yadro qurollari soni ortib borayotganidan tashvish bildirdi. Bu o'lka terrorchi guruhlar faol davlat sifatida AQSh rasmiylarida xavotir uyg'otmoqda.

AQShning Pokiston bo'yicha maxsus vakili Richard Olsonning Vakillar palatasidagi Tashqi aloqalar qo'mitasiga aytishicha, AQSh Pokiston bilan yadro qurollari va boshqa xavfsizlik masalalari yuzasidan ochiq muloqot olib bormoqda.

"Pokiston yadro xavfsizligini kuchaytirish bo'yicha oxirgi yillar qator choralarni amalga oshirdi. Bunday qurollarni himoya qilish mas'uliyatini ular yaxshi tushunadi. Ichki tahdidni ham hisobga olishadi", - deydi u.

Ayrim qonunchilar Pokistonga berilayotgan milliardlab dollar hajmidagi harbiy va iqtisodiy yordamni qisqartirishga chaqirmoqda. Ularga ko'ra, Pokiston hukumati terror tarmoqlarini qo'llab-quvvatlaydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG