Breaking News

Jahon banki O'zbekistonda vijdonan ish tutsin, deydi huquq faollari


O'zbekistonning Vashingtondagi elchixonasi oldida namoyish, 11-mart, 2013
O'zbekistonning Vashingtondagi elchixonasi oldida namoyish, 11-mart, 2013

"Paxta kampaniyasi" va huquq bo'yicha "Human Rights Watch" tashkiloti Jahon bankini O'zbekistonda amalga oshirilayotgan loyihalariga majburiy mehnat aralashganini tekshirishga chaqirmoqda. 19-dekabr kuni Jahon banki bu borada bir xulosaga kelishi kerak. Majburiy mehnatga qarshi targ'ibot olib borayotgan faollar deydiki, hukumat har yili paxta terimida bir milliondan ziyod fuqaroni jalb etadi.

"Paxta kampaniyasi" ga kirgan o'nlab tashkilotlar va bizneslar shu yilning noyabr oyida Jahon bankiga xat yozib, o'z taklif-tavsiyalarini izhor etgan edi.

Kampaniyada yetakchi rol o'ynaydigan Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston-Germaniya forumi rahbari Umida Niyozova nazarida Jahon bankidek yirik organ respublikada adolat ta'minlanishi uchun jiddiy qadamlar tashlay oladi.

Jahon banki bunday chaqiriqlarga aniq javob bermaydi. Tashkilot uning loyihalari paxta yetishtirish, terish va umuman bu sanoat rivojiga hissa qo'shishini ta'kidlash bilan cheklanadi. Proyektlar bolalar mehnati yoki majburiy mehnatga qanchalik aloqasi borligini bilish qiyin, deydi mutaxassislar.

Huquq faollari ta'biricha esa bank istasa, hukumatga o'z talablarini qo'ya oladi va me'yorlarni belgilaydi.

Bank majburiy mehnat jiddiy muammo ekanini bila turib, bu haqda ochiq gapirmaydi va bu masala ortidagi omillardan o'zini olib qochadi, deya tanqid qiladi huquq himoyachilari. Aksincha, tashkilot paxta ustidan mutlaq nazoratni qo'ldan boy bermayotgan hukumat bilan hamkorlikda yangi loyihalar boshlab, milionlab dollat kredit ajratmoqda.

O'zbekiston qishloq xo'jaligining asosiy mahsuloti paxta va uni yetishtirish jarayoni odamlarni zo'rlab ishlatishga asoslangan. Taraqqiyot va farovonlik uchun xizmat qilishga bel bog'lagan Jahon banki esa O'zbekistonda shunday katta muammoga ko'z yumib kelmoqda, deydi Jessika Evans, "Human Rights Watch" huquq tashkiloti vakili. Paxta terimini kuzatish uchun mustaqil tashkilotlarga ruxsat berilmaydi. Jahon banki hatto bu borada ham og'iz ocha olmaydi.

O'zbekiston hukumati majburiy mehnat tizimiga barham bermas ekan, xalqaro qonunlarni buzishda davom etadi, deya ogohlantirmoqda "Human Rights Watch".

Bolalar mehnati qonunan man etilgan lekin o'quvchilarni paxta terimiga olib chiqishga chek qo'yilmagan. Hozirda kichik sinf o'quvchilari kamroq jalb etiladi, lekin viloyatlarda yuqori sinfdagilar, kollej talabalari ikki oydan oshiq davr mobaynida paxta teradi.

"Paxta kampaniyasi" koordinatori Metyu Fisher-Deyli Jahon banki vijdonan ish tutishi kerak deydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG