Breaking News

Pandemiya tufayli minglab odam Nyu-Yorkdan ko’chib ketmoqda


Pandemiya: Nyu-Yorkni tark etayotgan oilalar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:26 0:00

Pandemiya oqibatlaridan biri shuki, odamlar katta sonda Nyu-York shahrini tark etmoqda. Ayrimlar shahardan tashqariga, ayrimlar esa boshqa shtatlarga ko’chayapti. Yuk tashish kompaniyalari uchun ish bisyor.

“Ko’pchilik Florida, Kaliforniya va Texasga ko’chayapti. Uzoq masofa deganda mana shu shtatlar. Uzoqqa ketmayotganlar ham bor. Masalan, Nyu-Jersi va Konnektikut shtatlari yoki Long-Aylend rayoniga”, - deydi ko’chish xizmatlarini ko’rsatuvchi kompaniya menejeri Nensi Zafrani.

Nyu-Yorkda yopilgan bizneslar katta sonni tashkil etadi. Metro vagonlari deyarli bo’sh. Shaharda otishmalar ko’paymoqda. Qo’shni Nyu-Jersiga ko’chish oshgani sabab uy-joy qimmatlashyapti.

“Hozirgi kunda eng ko’p tilga olinayotgan masala – hammaning uyida ofis uchun joy kerak. Nyu-Yorkdagi kvartiralarda buning iloji yo’q. Odamlar uydan ishlashi uchun qo’shimcha xona yoki ofisga aylantirsa bo’ladigan joy istaydi. Ko’pchilik shuni so’rayapti”, - deydi rieltor Kirill Gurevich.

“Bog’chamiz mart o’rtalarida yopildi. Turmush o’rtog’im bilan bir stolda o’tirib ishlay boshladik. Men bolalar bilan “Zoom” orqali ishlayman, gaplashaman, sukunat kerak. Erim esa tinmasdan telefonda gaplashardi”, - deydi nyu-yorklik Yevgeniya Lopatnik.

Nyu-Yorkdagi kichik kvartirada bola bilan to’rt oy karantinni o’tkazib, oila Nyu-Jersiga katta uyga ko’chishga qaror qildi. Ikki xonani ofisga ajratishdi. Uyning basseyni ham bor.

Nyu-Yorkni yaxshi ko’ramiz, lekin pandemiya qachon tugashi noma’lum, deydi ular.

“Yana bir yilni karantinda o’tkazsak jinni bo’lib qolamiz. Balkonsiz kichkina kvartirada qamalib o’tirgandan ko’ra, bu yerdan Nyu-Yorkka ishga borib kelsa bo’ladi”, - deydi ayol.

Oilaning do’stlari ham xuddi shunday yo’l tutdi. Oxirgi 10 yilda Nyu-Yorkda bo’sh kvartiralar soni rekord darajaga yetgan. Shahar ma’muriyatiga ko’ra, ketayotganlar albatta qaytadi yoki yangi muhojirlar ularning o’rnini bosadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG