KIYEV —
Qrim-tatarlar Stalin davri qatag’onlarining 70 yilligini Rossiya harbiy uchoqlari nazorati ostida xotirlashdi. Tadbir yakunida milliy muxtor respublika tuzish talablari yangradi.
Qrim hukumati Simferopol markazida ommaviy mitinglar o’tkazishni taqiqlagan. Xotira marosimlari asosan qrim-tatarlari zich yashaydigan tumanlarda o’tkazilgan.
Qurbonlar xotirasiga tilovat qilish uchun Oqmachitga yig’ilgan 15 mingdan oshiq qrim-tatarlar imom tilovatini ham, Milliy Majlis raisi Refat Chubarovning nutqini ham tepada aylanib turgan vertolyotlar shovqini ostida tinglashdi.
Marosimda qabul qilingan rezolyutsiyada Milliy Majlisni tatarlarning rasmiy organi sifatida tan olish, dikriminatsiya va repressiyalarni to’xtatish talab qilinadi.
Qatag’onlarning 70 yilligini Qrim yarimoroli Rossiyaga qo’shib olingan bir vaziyatda o’tkazayotgan tatarlar birinchi bor ommaviy miting o’tkazish huquqidan mahrum qilindi. Mahalliy hukumat bu qarorini Ukrainadagi beqaror vaziyat bilan izohlaydi.
Kiyev markaziy xiyobonida qilgan nutqida Mustafo Jemilov xotira kuni Rossiya harbiylari nazoratida o’tayotgani, ammo qatag’onlarni boshdan kechirgan xalqni qo’rqitib bo’lmasligi haqida gapirdi.
18-may kuni Rossiyaning Kiyevdagi elchixonasi oldida norozilik aksiyasi bo’lib o’tdi. Ukrain va tatarlardan iborat yuzdan oshiq kishi Rossiyadan tazyiqlarni to’xtatishni, qrim-tatarlar huquqi ta’minlanishini, shuningdek, Mustafo Jemilovni o’z vataniga kiritilishini talab
qilishgan.