Qonli namoyishlarga sahna Ukrainada prezident Viktor Yanukovich saylovlarni muddatidan avval o'tkazmoqchi.
Muxolifat hukumat bilan erishilgan tinchlik bitimini jamoatchilik ham tasdiqlashi lozimligini aytmoqda.
Bundan tashqari, parlament Ichki ishlar vaziri Vitaliy Zaxarchenkoni ishdan olishga ovoz berdi. Muxolifat Zaxarchenkoni o'nlab namoyishchilar o'limida ayblaydi. Shuningdek, qonunchilar mamlakat jinoiy kodeksiga tuzatish kiritib, unga ko'ra, sobiq bosh vazira Yuliya Timoshenko qamoqda chiqishi mumkin.
Uch oydirki, Kiyev maydonini tark etmayotgan namoyishchilar norozilik prezident saylovlari o'tmaguncha davom etishini bildirmoqda.
Hukumat va muxolifat erishgan bitimga ko’ra, Ukarina parlament boshqaruvini kengaytiruvchi avvalgi Konstitutsiyaga qaytadi.
Muxolifatning bildirishicha, bitim "Maydon", ya'ni namoyish qilayotgan jamoatchilik tomonidan tasdiqlangach, kuchga kiradi.
So’nggi ikki kungi qonli to’qnashuvlarda 70 dan ortiq odam qurbon bo’lgan. Kiyevdagi vaziyat oxirgi muzokaralardan keyin nisbatan tinchlandi.
Ikki oydan buyon maydonda qolayotgan Rustam Safarov toshkentlik qrim tatarlardan. Uning aytishicha, bu ikki kun eng og’ir va shafqatsiz bo’lgan, otishmalar paytida maydondagi safdoshi oyog’idan yaralangan.
“Bugun faqat vaziyat nisbatan tinchlangandek, “Berkut” ham, militsiya ham chekindi. Maydonda odamlar ko’p, yordam, oziq-ovqat olib kelishayapti ko'plar. Hozircha biror keskinlik kuzatilgani yo’q. Miting davom etayapti, namoyishchilar ham biroz o’zlariga kelgandek”, - deydi Safarov.
Uningcha, namoyishchilar hukumat bilan muzokaraga ishonmaydi. Buning ortidan yana to’qnashuvlar kuchayishi mumkin degan xavotir bor.
“Maydonchilarda hukumat bilan muzokaralar natijasiga nisbatan umid kam. Ammo qon to’kilishini to’xtatish kerak. Hozir ko’pchilik shunday fikrda. Chunki vaziyat chegaradan chiqib ketdi”, - deydi u.
Safarov maydonda oziq-ovqat taqsimoti va ta'minoti bilan shug'ullanadi. U, shuningdek, maydonni qo’llab-quvvatlab kelayotgan qrim tatarlari jamoasi vakili.
“Bugun ham bayroq bilan chiqdim. Biz, ehtimol, bir yoki ikki kishidirmiz, ammo muhimi biz shu yerda, maydondamiz. Oxirigacha turamiz. G’alaba esa prezident saylovlari o’tganidan so’ng bo’ladi. Ungacha maydon tarqamaydi, hamma shu qarorda, chunki maydon qonga belandi. Ko’p odamlarning qoni to’kildi”, - suhbatdosh.
Ukraina muxolifati bugun kechga tomon Mustaqillik maydonida yig’in rejalagan. Unda hukumat bilan erishilgan sulhni tasdiqlash yoki tasdiqlamaslik hal qilinadi.