Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Yevropa Ittifoqini Ukrainadagi ahvol yuzasidan yondashuvini tanqid qilmoqda.
Uning aytishicha, Yevropa Ukrainani Rossiyadan aynitishga va o’ziga og’dirishga urinayapti.
Lavrov bugun Mosvada Germaniya Tashqi ishlar vaziri Frank Valter Staynmayer bilan uchrashuv ketidan bayonot berdi.
Germaniya rasmiysi nazarida ham Ukraina geosiyosiy o’yinda qo’g’irchoq bo’lib qolmasligi kerak. Ukraina xalqi o’zi yechim bilan chiqishi lozim, deydi u.
Yevropa Ittifoqi hafta boshida Ukrainada erkin va adolatli prezident saylovlari o’tkazib, yangi hukumat tuzishga da’vat etdi.
Kiyevda hukumat va namoyishchilar ixtilofi davom etayapti. Isyonchilar prezident Viktor Yanukovichni ishdan ketishga undab keladi.