Amerika Davlat kotibi Jon Kerri ertaga Ukraina muxolifati bilan uchrashishi rejada. Germaniyaga, xavfsizlik anjumaniga jo'nab ketgan Amerika diplomati tadbir doirasida oppozitsiya vakillari Arseniy Yatsenyuk va Vitaliy Klichko bilan ko’rishmoqchi.
Ukraina muxolifati o’tgan haftadan beri daragi bo’lmay, kecha Kiyev chetida mayib bir ahvolda topilgan faol Dmitro Bulatov taqdiridan xavotirda. U noma’lum odamlar tomonidan olib qochilib, kaltaklangani aytiladi.
BMT inson huquqlari idorasi esa Ukraina rahbari Viktor Yanukovich bilan bog’lanib, mamlakatda qayd etilgan o’lim, do’pposlash, odam o’g’irlash va qiynoqqa solish hollarini tergov qilishga undagan. BMT rasmiysi Navi Pillay Ukrainadan kelayotgan xabarlarda dahshatda ekanini aytadi.
Prezident Yanukovich kecha muxolifatni siyosiy ahvolni atayin izdan chiqarishga urinishda ayblayapti. Odamlarni qishning sovug’ida ko’chaga chiqishga majbur qilayotgan oppozitsiya faqat siyosiy manfaatidan boshqasini ko’rmayapti, deydi u.
Muxolifatning asosiy talablari – qamoqqa olingan namoyishchilarni avf etish va bosh vazirni ishdan olish kabi talablarni bajardik, deb eslatadi prezident.