Breaking News

Ukrainada hukumat o'zgarishi kutilmoqda


Kiyev, 25-yanvar, 2014
Kiyev, 25-yanvar, 2014
Ukrainada hukumatga qarshilik kuchayib, muxolifat nafaqat poytaxt Kiyevda balki boshqa shaharlarda ham namoyishlarga zo’r berar ekan, rahbariyat uni xavfsizlik xizmatchilarini garovga olganlikda ayblamoqda. Oppozitsiya bu yolg’on deydi.
"Amerika Ovozi" xabarlari, 25-yanvar, 2014
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:03 0:00
Yuklab oling

Kiyev shahar hokimiyati binosi hozir qo’zg’olonchilar iznida va u yerda ikki militsioner ushlab turilibdi, deydi rasmiylar. Muxolifat buni inkor etayapti. Binoni o’qqa tutish uchun bahona bu, deydi namoyishchilar.

Poytaxt osmonida tutun, turli joylardan portlashlar quloqqa chalinadi, ko’chalarda vahima hukmron. Markaziy maydon jang maydoniga o’xshaydi. Xavfsizlik kuchlari qurol bilan javob berishga, ko’zni yoshlantiruvchi gaz qo’llashga shay.

Kecha prezident Viktor Yanukovich hukumatini yangilab, namoyishlarni ta’qiqlovchi qonunni o’zgartirishni va’da qildi.

Muxolifat Yanukovich ham, Bosh vazir Mikola Azarov ham ishdan ketsin deya talab qo'ygan. Shuningdek, deydi ular, prezident saylovlari o’tkazilsin va namoyishlarni cheklovchi yangi qonun bekor qilinsin.

Yanukovich Azarovni olib, lavozimni muxolifatdan Arseniy Yatsenyukka taklif qilgan. Uning o'rinbosari sifatida esa bokschi oppozitsioner Vitaliy Klichko tanlangan. Lekin muxolifat yo'q deb javob bermoqda.

Yanukovich prezident vakolatlarini kamaytirishga ham rozi.
Kiyev meri Aleksandr Popov ishdan olingan. O'rniga Volodimir Makeyenko tayinlangan.

28-yanvar kuni Rada favqulodda majlis qilishi kutilmoqda.

Oppozitsiya hozir olti region markazini egallab olgan. Davlat idoralariga bostirib kirib, nazoratni qo’lga olgan.

Namoyishchilar orasida zo’ravon kuchlar, xususan O’ngchi sektor deb ataluvchi radikal jangarilar bor, deydi guvohlar. Buzg’unchiliklarda va qon to’kilishlarida ular aybdor ekani aytiladi. Muxolifat liderlari fuqarolarni qonunni buzmaslikka, jinoiy harakatlar qilmaslikka chaqirmoqda.

Namoyishlar 21-noyabrda boshlangan edi. Hukumat Yevropa Ittifoqi bilan iqtisodiy hamkorlikni kengaytiruvchi bitimga imzo chekmay, Rossiya bilan yaqindan ishlashga qaror qilgach norozilik avj oldi. Aholi Yevropa tarafdorlari va Rossiyaparastlarga bo’linib qolgan. Tarqoqlik kuchayib, mamlakat tobora notinch. Bir necha kishi halok bo’ldi. To’s-to’polon tinmayapti.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG