Breaking News

O'zbekistonni dunyoga mashhur qilayotgan mumtoz musiqachilar


Pianinochi Gulruh Shokirova, Indianada Jacobs musiqa ta'lim dargohida doktorlik ilmiy ishi bilan mashg'ul.
Pianinochi Gulruh Shokirova, Indianada Jacobs musiqa ta'lim dargohida doktorlik ilmiy ishi bilan mashg'ul.
O’zbekistonda musiqiy ta’lim olgan odamga Amerikada qiziqish, ehtirom bilan qarashadi.

Vatanida ham sharq, ham g’arb kuyini yillab puxta o’rgangan bu mutaxassislarga hayron qolishadi.

Ularni kuchli raqiblar deb atashadi.

O’zbekistonning Vashingtondagi elchixonasida ana shunday bir necha sozanda va xonanda konsert berdi.

“Bu yoshlar O’zbekistonning madaniy elchilari", - deydi elchi Baxtiyor G'ulomov.

"Toshkent" pianino triosi o’tgan yilning kuzida Nyu-Yorkni o’ziga mahliyo qildi. Gulruh Shokirova Indiana universitetidagi chiqishlari bilan muxlislarni rom etdi. Talantli xonanda Dmitriy Vargin esa tomosha uchun Germaniyadan yetib keldi.

“Bu yoshlar nafaqat iste’dod egalari, balki nodir madaniyat vakillari ekan. O’zbekiston shunday talantlarni tarbiyalaganidan faxrlanishi kerak", - deydi Floridadagi Linn konservatoriyasi (Lynn conservatory of music) dekani Yon Robertson (Jon Robertson).

"Toshkent" pianino triosi vakillari Anna Tsukervanik, Olga Kim va Yuliya Kim ana shu maskanda sertifikat olish uchun o'qiyapti. Shu oy magistraturaga hujjat topshirishadi.

Dmitriy Vargin, Samarqandda tug'ilib, ta'lim olgan opera qo'shiqchisi. 2001-yildan beri Germaniyada ishlab ijod qiladi.
Dmitriy Vargin, Samarqandda tug'ilib, ta'lim olgan opera qo'shiqchisi. 2001-yildan beri Germaniyada ishlab ijod qiladi.


Konservatoriyada yana uch-to’rt o’zbekistonlik talaba bor. Linn ta'lim maskanida, masalan, bu studentlarga bepul o’qish, jahonga mashhur professorlardan bilim olish taklif qilinadi. Bolalar bundan foydalanib qolishi kerak, deydi professor Robertson.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

  • 16x9 Image

    Nasiba Tohir

    Nasiba Tohir "Amerika Ovozi" O'zbek xizmatida 2006-yildan beri ishlab keladi. Boshlovchi, prodyuser, muharrir, teleoperator. 

XS
SM
MD
LG