Qo'shma Shtatlar bo'ylab chorshanba kuni "Ayollarsiz bir kun" shiori ostida namoyishlar o'tdi. Ayrim idoralarda ayol xodimlar xizmatga chiqmadi va shu tariqa xotin-qizlar huquqlariga diqqat qaratdi.
Vashington, Los-Anjeles va boshqa shaharlarda minglab odamlar jamul-jam bo'lib ayollar haqlaridan so'zladi.
Qatnashchilar qizil rangni ramzetib tanladi. Yig'inlarda ham ayollar, ham erkaklarni ko'rish mumkin edi.
Ko'plab xotin-qizlar uchun bu Prezident Donald Trampga qarshi namoyish edi. Oq uy ro'parasida to'plangan bir necha ming kishidan so'rang.
"Bu rahbar va uning ma'muriyati yurtni orqaga qarab boshlayapti. Uzoq yillik taraqqiyotni puchga chiqarmoqda. O'z haqlarimiz uchun kurashishimiz kerak", - deydi Gabriella Belli.