Breaking News

Amerikada diasporalar o'rni


Ayrim tahlilchilarga ko’ra, demokratik mamlakatlarda turli elat vakillarining rivoji uchun barcha imkoniyatlar mavjud, avtoritar davlatlarda esa ular bosim ostida.

AQShda ayrim diasporalar katta siyosiy kuchga ega, deydi AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi vakili Mona Yakubyan.

“Diasporalarning tajribasi, resurslari, bilimi, ishga ishtiyoqidan foydalansa bo’ladi”, - deydi u.

Turli etnik guruhlarning Amerikada rivojlanishiga eng asosiy sabab qonun tomonidan kafolatlangan erkinlikdir. Bunday jamoalar ta’qib etilishdan qo’rqmay hukumatdan o’z huquqlarini talab qilishi, uni tanqid qilishi mumkin, deydi arman tashkilotlari bilan ishlagan ekspert Armen Xarazyan.

“AQSh hukumati biror jamoaga bosim qo’yib, uni fikridan qaytarishini tasavvur qilib bo’lmaydi”, - deydi mutaxassis.

Amerika armanlari uyushmasi rahbari Brayan Ardunining aytishicha, demokratik vositalar yordamida diasporalar o’z muammolariga e’tibor qaratish imkoniyatiga ega.

“Demokratik jamiyatda kichik sonli odamlar katta o’zgarishlarga sabab bo’lishi mumkin”, - deydi u.

Avtoritar mamlakatlarda etnik jamoalar hech qanday kuchga ega emas, deydi tahlilchilar. Ayrimlariga ko’ra, Rossiya bunday guruhlardan o’z manfaatlari yo’lida foydalanishga urinmoqda.

“Armaniston hukumati Rossiya siyosati yoki manfaatlariga zid ish tutmasligi uchun Rossiya arman jamoasi yordamida Yerevanga bosim qo’ymoqda”, - deydi Xarazyan.

Kreml sobiq Sovet Ittifoqining boshqa respublikalari vakillaridan ham foydalanmoqchi, deydi “Amerika muloqoti” tashkiloti xodimi Manuel Orozko.

“Rossiya uchun bu siyosiy vosita. Buni Moldova misolida ko’rish mumkin. Rossiya bu mamlakatdan migrantlar ko’p bo’lgani uchun Moldova tashqi siyosatiga ta’sir qila oldi. Gruziya ham shunday. Rossiyada gruzin migrantlari ham ko’p”, - deydi ekspert.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG