Breaking News

Tolibon: Do'stum bizning bosh nishonlarimizdan biri


Abdulrashid Do'stum Turkiyadan Afg'onistonga qaytgan kuni, Kobul aeroporti, 22-iyul, 2018-yil
Abdulrashid Do'stum Turkiyadan Afg'onistonga qaytgan kuni, Kobul aeroporti, 22-iyul, 2018-yil

Afg’oniston Birinchi vitse-prezidenti Abdul Rashid Do’stumga hujumdan bir kun o’tib, Tolibon jangari harakati uni yo’q qilish rejasidan voz kechmaganini ma’lum qildi.

30-mart kuni Do’stum va unga sodiq odamlar o’tirgan avtokarvon shimoldagi Balx viloyatida hujumga uchrab, tansoqchilaridan biri halok bo’ldi, bir necha odam jarohat olgan. Biroq Tolibon Do’stumning to’rt odami, jumladan bir qo’mondonini o’ldirganini da’vo qildi.

Afg’on o’zbeklarining sardori Mozori Sharifdan uyiga, Shibirg’on shahriga qaytayotganida pistirmaga duch kelgan.

Bir soatlik otishmada jangarilar ham talafot ko’rgan, Do’stumga zarar yetmagan. Mahalliy rasmiylarga ko’ra, toliblar besh jangarisini yo’qotgan.

“Do’stum ko’pdan beri nishonimiz. Har imkon tug’ilganda unga hujum qilamiz”, - deydi Tolibon so’zlovchisi Zabihulla Mujohid.

Unga ko’ra, otishmada toliblardan qurbonlar yoki yaralanganlar yo’q va bu haqdagi xabarlar asossizdir.

Do’stum Mozori Sharifda to’plangan odamlar oldida so’zlar ekan, agar unga imkoniyat berilsa, Tolibonni olti oyda mamlakat shimolidan quvib chiqarishini aytdi.

Do’stum bungacha 2018-yil iyulida hujumga uchragan edi.

O’shanda Turkiyadan endi qaytgan arbob Kobul aeroportida sodir etilgan suiqasd xurujida omon qolgan edi. 2016-yilda unga qarshi jinoiy ish ochilishi ketidan Do’stum 15 oy Turkiyada yashashga majbur bo’ldi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG