Breaking News

Ebolaga qarshi tayyorgarlik hamon yetarli emas


Amerikada atigi ikki-uch kishida Ebola virusi aniqlangan bo’lsa-da, kasallik tarqalishi mumkinligi aholi orasida vahima uyg’otadi.

Ebolaga qarshi tayyorgarlik hamon yetarli emas/Shohruh Hamro
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:02 0:00
Yuklab oling

Hamshiralar prezident Barak Obamadan barcha kasalxonalar uchun majburiy qonun-qoidalar joriy etishni so’ramoqda. Ular nazarida hozirgi tayyorgarlik yetarli emas.

Texasning Xyuston shahridan Kongressga saylangan Shila Jekson Li shifokor va hamshiralar bilan yonma-yon turib, Amerikadagi barcha kasalxonalarni maxsus kiyimlar bilan ta’minlashga chaqirdi.

“Ebolaga chalingan bemorlar bilan yuzlashadigan, ularni davolaydigan tibbiyot xodimlari, jumladan hamshiralar, virusdan saqlovchi forma kiyishi kerak. Ularning sog’ligi haqida kim o’ylaydi?”, - deydi qonunchi.

Prezident Obama virus tarqalishining oldini olishga qaratilgan qoida va ko’rsatmalarni farmon bilan bir qolipga solmoqchi. AQSh Hamshiralar uyushmasi treninglarni ko’paytirishni talab qilmoqda. Tashkilot vitse-prezidenti Melinda Markovitz:

“Hamshiralar bu kiyimlardan qanday foydalanish bo’yicha treningdan o’tmagan. Ayrim kasalxonalarda bunday vositalar umuman yo’q”.

Ebola bilan kasallangan ilk bemorni qabul qilgan Dallas kasalxonasi ko’p tanqidga uchradi. Tomas Erik Dankanni davolagan ikki hamshira virusni undan yuqtirib olgan edi. Ulardan biri sog'aygan.

Hamshiralar profsoyuzi Afrika g’arbida kasallik tarqala boshlaganidan beri AQSh ham bunga tayyor turishi kerak, deb eslatib kelgan.

“Kasalxonalarga borib, savollar berdik. Afrika epidemiya bilan olishyapti, agar virus Amerikaga yetib kelsa, xodimlaringiz bunga tayyormi? Qanday ishlar olib borayapsizlar, deb so’raganmiz”, - deydi Markovitz. “Har qanday infeksiyaga tayyormiz deyishgandi. Bu yolg’on bo’lib chiqdi”.

Hamshiralar manfaatini himoya qiluvchi tashkilot o’tkazgan so’rov natijasiga qaraganda, AQSh kasalxonalarining 85 foizi epidemiya bilan kurashishga tayyor emas ekan.

Gvendolin Agbatekve Texas poytaxti Ostinda kasalxonada ishlaydi. Dallasda ikki hamshira ishini bajarayotib virusni yuqtirgani aqlga sig’mas holat, deydi u.

“Bemorlarni parvarishlab, o’z ishiga mas’uliyat bilan yondashgan odamlarning o’zi yetarli himoya bilan ta’minlanmasa, bu qanaqasi?”

Yana bir hamshira Kelli Millerga ko’ra, maxsus kiyimlarni kiyish va yechishda kuzatuv o’ta muhim. Ularni yarim soatdan ortiq ishlatish qiyin. Xatoga yo’l qo’ymaslik uchun jarayonni kamida ikki kishi kuzatishi shart.

“Birgalikda ishlashning mohiyati ham shunda. Protokolga to’liq rioya qilinsa, xatolar zudlik bilan tuzatiladi”, - deydi u.

Jamoatchilikka bu kasallik va undan saqlanish yo’llari haqida ma’lumot berish ham katta ahamiyatga ega. Vahimaga o’rin yo’q, chunki barcha choralar ko’rilyapti, vaksinalar sinovdan o’tayapti, deydi rasmiylar.

Ebolaga qarshi maxsus guruhlar - US Ebola Swats
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:07 0:00

Ebolaga qarshi kurash/Hamshiralar talabi - Ebola/Nurses
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:14 0:00
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG