Avraam Linkoln, 150 yil o'tib ham, amerikaliklar uchun ilhom manbai
Amerika Ovozi

Vashingtondagi Ford teatri qoshidagi Ta’lim va liderlik markazi Amerikaning eng buyuk prezidentilaridan biri Avraam Linkoln hayoti va faoliyatiga bag’ishlanadi. Linkoln AQShni 1861-1865 yillardagi fuqarolar urushi davrida boshqargan. Mamlakatni parchalanib ketishdan saqlab qolgan. Urush tugaganidan bir necha kun o’tgach u Ford teatrida spektakl tomosha qilayotgan paytida o’tib o’ldirilgan.
Har yili 75 ming odam Avraam Linkoln o’tib o’ldirilgan joyni ko’rish uchun Ford teatriga keladi. Endi esa yo’lni kesib o’tib, prezident hayotdan ko’z yumgan uyni va yangi markazni ko’rish mumkin. Mana bu 10 metrlik minora 7 mingta kitobdan qurilgan. Hammasi Avraam Linkoln haqida.
Markaz rahbari Treysi Avant deydiki, Linkoln u haqda eng ko’p kitob yozilgan amerikalikdir.
“U bilan qiziqmagan odam yo’q… Har bir avlod Avraam Linkoln kim bo’lganini o’zi kashf etgisi keladi”.
Markazda prezident tobutining dastagi va popugini ko’rish mumkin. Linkoln vafot etgan kuni Vashington ko’chalari qanday ko’rinishga ega bo’lganini bilmoqchimisiz? Uni ham ko’rishingiz mumkin. Mana bu prezident tobutini mozorga olib borgan poyezd… Linkoln hayotiga qasd qilgan Jon Uilks o’tib o’lditilgan og’ilxona…
Interaktiv eksponatlar ham bor.
Charli Doerga ular juda ma’qul keldi:
“Juda yaxshi, Avraam Linkoln uchun ilg’or texnologiya…”
Treysi Avant markazni ochishdan maqsad prezident Linkoln haqidagi savollarga javob berish, deydi:
“Bu biz uchun hamon dolzarb. Shu sababdan biz odamlar bu yerga kelib, Avraam Linkoln haqida tasavvurga ega bo’lsin, undan qolgan meros, nima sababdan shunchalik mashhur bo’lganini tushunsin, dedik“.
1860-yillarga kelib Amerikaning 11 ta janubiy shtati konfederatsiya tuzib, shimoldan ajralib chiqmoqchi bo’ladi. Ikki taraf bir necha siyosiy masala, xususan qulchilik yuzasidan kelisha olmagan. Bu esa fuqarolar urushiga sabab bo’lgan. 1863-yilda Linkoln qulchillikni bekor qiladi. Ikki yil o’tib, janub shimolga taslim bo’ladi va Q’oshma Shtatlar birligi saqlab qolinadi.
“Avraam Linkoln kuchli lider bo’lgan… Irodali shaxs… O’z g’oyalariga sodiq inson. U o’zi oddiy oiladan chiqqan, shu bois oddiy odamlar bilan gaplasha olgan, ularni yaxshi tushungan”.
Aleks Volton prezident faoliyati haqida shunday deydi:
“U juda ko’p muammolarni hal etishga majbur bo’lgan. Fikrimcha, hech kim buni undan yaxshiroq eplolmasdi”.
Markazda Linkolnni tilga olgan, uning tenglik va bag’rikenglik haqidagi nutqlaridan iqtibos keltirgan davlat rahbarlari hadida ma’lumot bor.
“U e’tiborini buyuk g’oyalar va muhim masalalarga qaratgan bo’lsa-da, juda go’zal va ayni vaqtda sodda uslubda yozgan. O’sha davr uchun noyob bir hol”, - deydi Avant.
Angliyalik Genri Krenston Linkoln tarixi haqida ko’p o’qigan.
“Men uchun eng qiziqarli eksponat – Linkoln surati tushirilgan marka bo’ldi, Ganada chiqarilgan”.
Vendi Teylor ham ko’rgan-bilganlaridan mamnun:
“Markazga kelgan odamlarning bu yerda ilhom olayotganini ko’rdim…. Linkoln himoya qilgan qadriyatlar haqida o’ylaysiz. Ularni e’zozlagingiz, mana shu dunyo ravnaqi uchun hissa qo’shgingiz keladi.
Markaz oddiy amerikaliklar Avraam Linkoln olg’a surgan qadriyat va tamoyillarni qanchalik bilishi haqida maxsus video ham tayyorlangan.
Vashingtondagi Ford teatri qoshida Ta’lim va liderlik markazi ochildi. U Amerikaning eng buyuk prezidentilaridan biri Avraam Linkoln hayoti va faoliyatiga bag’ishlanadi. Linkoln AQShni 1861-1865 yillardagi fuqarolar urushi davrida boshqargan. Mamlakatni parchalanib ketishdan saqlab qolgan. Urush tugaganidan bir necha kun o’tgach Ford teatrida spektakl tomosha qilayotgan Linkoln o’tib o’ldirilgan. Navbahor Imamova hikoya qiladi.
Har yili 75 ming odam Avraam Linkoln o’tib o’ldirilgan joyni ko’rish uchun Ford teatriga keladi. Endi esa yo’lni kesib o’tib, prezident hayotdan ko’z yumgan uyni va yangi markazni ko’rish mumkin. Mana bu 10 metrlik minora 7 mingta kitobdan qurilgan. Hammasi Avraam Linkoln haqida.
Markaz rahbari Treysi Avant deydiki, Linkoln u haqda eng ko’p kitob yozilgan amerikalikdir.
((TRACEY AVANT, CURATOR))
“U bilan qiziqmagan odam yo’q… Har bir avlod Avraam Linkoln kim bo’lganini o’zi kashf etgisi keladi”.
((NARRATOR))
Markazdagi eksponatlarga kelsak, bu yerda prezident tobutining dastagi va popugini ko’rish mumkin. Linkoln vafot etgan kuni Vashington ko’chalari qanday ko’rinishga ega bo’lganini bilmoqchimisiz? Uni ham ko’rishingiz mumkin. Mana bu prezident tobutini mozorga olib borgan poyezd… Linkoln hayotiga qasd qilgan Jon Uilks o’tib o’lditilgan og’ilxona…
Interaktiv eksponatlar ham bor.
Charli Doerga ular juda ma’qul keldi:
((CHARLIE DOER, VISITOR))
“Juda yaxshi, Avraam Linkoln uchun ilg’or texnologiya…”
((NARRATOR))
Treysi Avant markazni ochishdan maqsad prezident Linkoln haqidagi savollarga javob berish, deydi:
((TRACEY AVANT, CURATOR))
“Bu biz uchun hamon dolzarb. Shu sababdan biz odamlar bu yerga kelib, Avraam Linkoln haqida tasavvurga ega bo’lsin, undan qolgan meros, nima sababdan shunchalik mashhur bo’lganini tushunsin, dedik“.
((NARRATOR))
1860-yillarga kelib Amerikaning 11 ta janubiy shtati konfederatsiya tuzib, shimoldan ajralib chiqmoqchi bo’ladi. Ikki taraf bir necha siyosiy masala, xususan qulchilik yuzasidan kelisha olmagan. Bu esa fuqarolar urushiga sabab bo’lgan. 1863-yilda Linkoln qulchillikni bekor qiladi. Ikki yil o’tib, janub shimolga taslim bo’ladi va Q’oshma Shtatlar birligi saqlab qolinadi.
((TRACEY AVANT, CURATOR))
“Avraam Linkoln kuchli lider bo’lgan… Irodali shaxs… O’z g’oyalariga sodiq inson. U o’zi oddiy oiladan chiqqan, shu bois oddiy odamlar bilan gaplasha olgan, ularni yaxshi tushungan”.
((NARRATOR))
Aleks Volton prezident faoliyati haqida shunday deydi:
((ALEX WALTON))
“U juda ko’p muammolarni hal etishga majbur bo’lgan. Fikrimcha, hech kim buni undan yaxshiroq eplolmasdi”.
((NARRATOR))
Markazda Linkolnni tilga olgan, uning tenglik va bag’rikenglik haqidagi nutqlaridan iqtibos keltirgan davlat rahbarlari hadida ma’lumot bor.
((TRACEY AVANT, CURATOR))
“U e’tiborini buyuk g’oyalar va muhim masalalarga qaratgan bo’lsa-da, juda go’zal va ayni vaqtda sodda uslubda yozgan. O’sha davr uchun noyob bir hol”.
((NARRATOR))
Angliyalik Genri Krenston Linkoln tarixi haqida ko’p o’qigan.
((HENRY CRANSTON, VISITOR))
“Men uchun eng qiziqarli eksponat – Linkoln surati tushirilgan marka bo’ldi, Ganada chiqarilgan”.
((NARRATOR))
Vendi Teylor ham ko’rgan-bilganlaridan mamnun:
((WENDY TAYLOR, VISITOR))
“Markazga kelgan odamlarning bu yerda ilhom olayotganini ko’rdim…. Linkoln himoya qilgan qadriyatlar haqida o’ylaysiz. Ularni e’zozlagingiz, mana shu dunyo ravnaqi uchun hissa qo’shgingiz keladi.
((NARRATOR))
Markaz oddiy amerikaliklar Avraam Linkoln olg’a surgan qadriyat va tamoyillarni qanchalik bilishi haqida maxsus video ham tayyorlangan.
((NAT SOT - video))
((signed))
Amerika Ovozi
"Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.