Breaking News

Falluja shahri uchun hal qiluvchi janglar


Iroq armiyasi Fallujani jangarilardan qaytarib olish uchun shay. 30-may, 2016-yil
Iroq armiyasi Fallujani jangarilardan qaytarib olish uchun shay. 30-may, 2016-yil

Iroq harbiylari 30-may kuni Falluja shahrini "Islomiy davlat" to'dasidan qaytarib olish uchun hal qiluvchi janglarga kirdi. Jangarilar manzillari har tomondan hujumga uchramoqda. Mahalliy qo'shinlarga Amerika boshchiligidagi xalqaro koalitsiya havodan madad berayapti.

Rasmiy manbalar va shia jangchi guruhlar bugun tarqatgan videoda ham armiya hamda ittifoqchi jangchilar "Islomiy davlat" to'dasiga o'q yog'dirayotganini ko'rish mumkin.

Iroq generali Hamid al-Malikiyning aytishicha, harbiy amaliyotlar ham havodan, ham yerdan olib borilayapti. Muhimi Falluja shahriga kirib olish. Buning uchun Tufaha ko'prigidan foydalanayapmiz, deydi u.

Frontdagi askarlar talofatlar soni katta ekanini aytmoqda. Yuzma-yuz janglar kechayotgani yo'q. Pulemyot, raketalarda o'qqa tutish, mashinalarni portlatish va snayperlarni ishga solish kabi usullardan foydalanmoqda dushman, deydi ular.

Biroq armiya hujumga zo'r berishda davom etmoqchi.

Aksariyat jangarilar yo'q qilingan, qo'lga tushganlari esa so'roq qilinib, zarur ma'lumot bermoqda.

Sunniy shahar Falluja Iroqda "Islomiy davlat" qo'lida eng uzoq vaqt qolayotgan manzil hisoblanadi. Jangarilar shaharga chuqur o'rnashib olgan.

Kurash shiddatli tus olgani sari shaharda qolayotgan oddiy aholining ahvoli tobora ayanchli. Taxminan 800 odam Fallujadan qochib ulgurgan, lekin o'n minglab fuqarolar hanuz o'sha atrofda. Birlashgan Millatlar Tashkiloti oddiy fuqarolarning holi haqida qo'rqinchli xabarlar kelmoqda, deydi.

Falluja operasi/Opera Fallujah
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:38 0:00
Yuklab oling

Fallujadan qochib ulgurgan oddiy fuqarolar
Fallujadan qochib ulgurgan oddiy fuqarolar

Ittifoqchi jangchilar yordam bermoqda
Ittifoqchi jangchilar yordam bermoqda

Iroqning sara askarlari jangga tortilgan
Iroqning sara askarlari jangga tortilgan

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG