Misrda sakkiz millionga yaqin nasoro istiqomat qiladi. Mamlakatda so’nggi kunlarda qayta avj olgan dinlararo ixtilof ularning kelajak haqidagi xavotirlarini yanada kuchaytirgan.
Qohiradagi markaziy cherkov bundan bir necha oy muqaddam o’yin-kulgi va ibodat maskani edi. Bu yerda o’tgan katta shodiyonada mahalliy nasorolar o’zlariga yangi yetakchi sayladi.
Ammo bugun ibodatxona o’rnida faqat xarobalar. Musulmon va nasorolar o’rtasida bo’lib o’tgan to’qnashuvda bino vayron qilingan.
So’nggi voqealar mamlakatning oz sonli diniy guruhlarini jiddiy tashvishga solmoqda. Inqilobdan oldin va islomiy guruhlar hukumatni egallashidan avval vaziyat nisbatan tinch edi, deydi misrlik nasroniylardan biri.
“Ilgari hech bunaqasi bo’lmagan edi. Mamlakat bunday vaziyatga hech qachon guvoh bo’lmagan. Nafaqat musulmon va nasorolarga, balki butun mamlakat tinchini buzadi-ku bu. Axir, biz bir mamlakat, bir xalqmiz-ku”, - deydi Magdi Vadiya ismli fuqaro.
Iqtisodiyot zaiflashib, xavfsizlik choralari susayar ekan, diniy bag’rikenglik an’anasiga ham putur yetmoqda, deydi tahlilchilar. Ularga ko’ra, radikal musulmon toifalarining ta’siri kuchaymoqda.
“Vatan” gazetasi muharriri Yusuf Sidhom ham ana shunday fikrda.
“Bu narsa nafaqat qibtiy nasorolarni, balki aholining asosiy qismi bo’lgan o’rta qarashdagi musulmonlarni ham tashvishga solyapti”, - deydi u.
Siyosiy tahlilchi Hisham Qosimga ko’ra, asta-sekin misrliklarning ko’zi ochilyapti.
“Ekstremizmdan odamlar charchadi. Uning befoydaligini, hayotni hech qachon yaxshilamasligini, aksincha, buning aksiga olib borishini ular tushunib yetyapti. Hozircha, muammoning qisqa muddatli yechimi – qonun ustuvorligini ta’minlash”, - deydi Qosim.
Muxolifat e’tirozicha, hukumat ayni shu masalada oqsamoqda. Qibtiy nasorolar yetakchisi Tavadros yaqinda prezident Muhammad Mursiyni va’dasining ustidan chiqmayotganlikda aybladi.
Hukumat nasorolarni himoya qilishda sust ekani haqidagi xavotirlar tobora kuchayib bormoqda.
“Albatta, ertangi kun haqida tashvish bilan gapirayotganlar bor. Ular Misrni tark etish niyatlari yo’q emasligini ham aytishyapti”, - deydi jurnalist Yusuf Sidhom.
O’tgan asrning 50-60-yillarida yuz bergan ozchilik diniy guruhga mansub odamlarning yoppasiga mamlakatni tark etishi qayta takrorlanishi mumkin, deya taxmin qilayotganlar ham yo’q emas.
“Qohira kinoteatrlarida Misr yahudiylari haqida bir film qo’yishgan. U mamlakatni tark etishga majburlangan yahudiylar haqida. Odamlar endi Misr nasorolari haqida ham ana shunday film ishlanmasa edi, deya qo’rquvda”, - deydi tahlilchi Qosim.
Misrda nasorolar soni oz emas. Hukumat sakkiz million kishini o’z ichiga oluvchi bu muammoga yechim topish ustida jiddiy ishlashga majbur, deydi tahlilchilar.