Breaking News

Misrda favqulodda holat


An Argentina soccer fan cheers outside the Maracana Stadium before the group F World Cup soccer match between Argentina and Bosnia, in Rio de Janeiro, Brazil, June 15, 2014.
An Argentina soccer fan cheers outside the Maracana Stadium before the group F World Cup soccer match between Argentina and Bosnia, in Rio de Janeiro, Brazil, June 15, 2014.
Misr prezidenti Muhammad Mursiy hukumatga qarshi namoyishlar o’tayotgan va taxminan 50 odam o’lgan uch viloyatda bir oylik favqulodda holat e’lon qildi.

Televideniye orqali kecha qilgan murojaatida Misr rahbari Ismoiliya, Suvaysh va Port-Said shaharlarida qon to’kilishlarini to’xtatish uchun chora ko’rayapmiz, dedi.

Favqulodda vaziyat bugun kuchga kirgan. Mursiyning chiqishidan keyin ham shaharlarda namoyishlar davom etgan. Ismoiliya shahrida, xususan, odamlar politsiya bilan olishar ekan, huquq-tartibot xodimlari ko’zni yoshlantiruvchi gazni ishga solgan.

Kecha shimoldagi Port-Said shahrida qonli olishuvlar uch kishini hayotdan olib ketib, kamida 400 odam jarohatlangan.

Qohira sudi 21 kishini, Al-Masriy futbol jamoasi tarafdorlarini, o’limga mahkum etishi natijasida omma isyon ko’targan.

Mahbuslar o’tgan yilning fevralida Al-Masriy va Al-Ahli jamoalari o’rtasida kechgan bellashuv ketidan g’alayon boshlaganlik va 74 odamni o’ldirganlikda aybdor topilgan. Sudning shanba kungi hukmini Misr oliy diniy peshvolari ma’qullashi kerak bo’ladi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG