Breaking News

Misr sudi Husni Muborak ishini qayta ko’rib chiqadi


Misr sudi umrbod qamoq jazosiga mahkum etilgan sobiq prezident Husni Muborakning ishini qayta ko’rishga ko’rsatma berdi.

Mamlakatni 30 yil boshqargan Muborak 2011-yilgi qo’zg’olonda yuzlab namoyishchilarning o’limiga aloqadorlikda hamda korrupsiyada aybdor deb topilgan edi.

Uning qatorida ikki o’g’li hamda sobiq ichki ishlar vaziri Habib al-Adli ham qayta sudga tortiladi. Jarayon qachon boshlanishi ma’lum emas.

Sud qarori Husni Muborak tarafdorlari tomonidan “yashasin adolat” degan hayqiriqlar bilan qarshi olingan. Ular sobiq prezidentga belgilangan jazo yumshatiladi degan umidda.

Qohiradagi qamoqxonada sog’lig’i yomonlashgan 84 yoshli Muborak o’tgan oy harbiy gospitalda ko’chirilgan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG