Misrda ikki bosqichli konstitutsion referendumning natijalari bugun ma’lum bo’ladi. Prezident Muhammad Mursiyga sodiq Musulmon Birodarlar va salafiylar xalq loyihani qo’llab-quvvatladi desa, muxolifat qonunbuzarliklar bo’lgan, deya sudga shikoyat qilmoqchi.
Musulmon Birodarlar partiyasi dastlabki hisoblarga tayanib, referendumda aholining 64 foizi yangi konstitutsiyani yoqladi, demoqda. Shanba kungi saylovning o’zida 71 foiz fuqarolar “ha” deb ovoz bergani aytiladi.
Lekin muxolif koalitsiya saylov komissiyasini jarayonda yo’l qo’yilgan qonunbuzarliklarni tergov qilishga undayapti.
Oppozitsiya da’vosicha, ovoz berish sud va adliya tomonidan puxta kuzatilmagan hamda bundan foydalangan musulmon arboblar saylovchilarni qo’rqitgan, po’pisa qilgan. Prezident Mursiy adliyaga bo’ysunmaslik vakolatini e’lon qilganidan beri sudyalar undan norozi va referendumni boykot qilgan.
Faollarning aytishicha, konstitutsiya loyihasi xalqqa ham ma’qul emas, chunki elektoratning faqat uchdan biri unda qatnashgan.
Muxolif koalitsiya a’zosi Amir Hamzaviy nazarida qomus qonunga ziddir.
“Hujjat uzviy haq-huquqlarimiz, ijtimoiy, iqtisodiy, shaxsiy huquqlarimizni poymol etadi. Adolatli va demokratik davlat qurish haqidagi orzumizga ziddir. Biz tinch va demokratik yo’l bilan qarshilik ko’rsatishda davom etamiz”, - deydi Hamzaviy.
Sha’riy tartib tarafdorlari fikricha, referendum odil ravishda o’tkazilgan va demokratik o’zgarishlar kechayotgan Misr uchun zarur bir bosqichdir.
Ularning aytishicha, konstitutsiya loyihasi prezident muddatini to’rt yilga belgilab, faqat ikki bor saylanish huquqini beradi; asossiz hibsga olib, qiynoqqa solishlarni taqiqlaydi; musulmon, xristian va yahudiylar diniy erkinligini himoya qiladi; barcha fuqarolar qonun oldida teng ekanini kafolatlaydi.
Asosan, musulmon deputatlardan iborat kengash konstitutsiya loyihasi ustida ishni o’tgan oy yakunlagan. Liberal va xristian arboblar “fikrimiz inobatga olinmayapti” deya muhokamani erta tark etgan edi.
Oppozitsiya xavotiri shuki, bosh qomusda shariat qonunlariga keng o’rin ajratilgan, xotin-qizlar va ozchilik elatlar manfaatlari esa tilga olinmagan.
Tomonlar mamlakatda bir necha bor namoyish uyushtirib, qonli to’qnashuvlar sakkiz fuqaroni hayotdan olib ketgan.
Misr saylov komissiyasi referendum o’tdi, deya xulosa qilsa, ikki oydan keyin parlament quyi palatasiga saylovlar o’tadi.