Breaking News

Misr Konstitutsion sudi faoliyatini vaqtincha to'xtatdi


The Bluefin 21, the Artemis autonomous underwater vehicle (AUV), is hoisted back on board the Australian Defence Vessel Ocean Shield after a successful buoyancy test in the southern Indian Ocean as part of the continuing search for the missing Malaysia Airlines plane, April 4, 2014.
The Bluefin 21, the Artemis autonomous underwater vehicle (AUV), is hoisted back on board the Australian Defence Vessel Ocean Shield after a successful buoyancy test in the southern Indian Ocean as part of the continuing search for the missing Malaysia Airlines plane, April 4, 2014.
Misr poytaxti Qohirada prezident Muhammad Mursiy tarafdorlari Oliy Konstitutsion sud binosini o’rab olgach, sudyalar faoliyatini noma’lum muddatga to’xtatganini e’lon qildi. Bu bizga ko’rsatilayotgan bosimga javob, deyiladi sud bayonotida.

Bugun mahkamada yangi konstitutsiya loyihasini yaratgan komissiyaning qonuniyligiga doir masala ko’rilishi kerak edi, ammo bir necha yuz kishi sud binosi qarshisida namoyishga chiqqan. Komissiya tarkibida, asosan, Musulmon Birodarlar harakati vakillari bor. Guruhdagi nasroniy va liberal arboblar islomiy kuchlarni konstitutsiya matnini o’ziga moslayotganlikda ayblab, norozilik bildirmoqda.

Prezident Mursiy o’tgan hafta sudlarning uning va konstitutsion komissiya ishlariga aralashishini man qilgandan so’ng mamlakatda davlat rahbarining qaroriga qarshi namoyishlar avj oldi.

Mursiyning aytishicha, qaror vaqtincha bo’lib, konstitutsiya bo’yicha referendumdan so’ng bekor qilinadi. Bosh qomusga ovoz berish 15-dekabrga belgilangan.

Hujjatning yakuniy matni prezidentga komissiya tomonidan kecha taqdim etildi. Unda aytilishicha, Misrda hech bir qonun shariatga xilof bo’lmasligi lozim.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG