Breaking News

Misr prezidenti muxolifatni muloqotga chaqirmoqda


Misr prezidenti Muhammad Mursiy yangi konstitutsiyani kuchga kiritish haqida qaror imzolamoqda, 25-dekabr, 2012-yil
Misr prezidenti Muhammad Mursiy yangi konstitutsiyani kuchga kiritish haqida qaror imzolamoqda, 25-dekabr, 2012-yil
Misr prezidenti Muhammad Mursiy referendumda qabul qilingan konstitutsiya loyihasini imzolab kuchga kiritgandan so’ng muxolifatni muloqotga chaqirmoqda.

Kecha televideniye orqali qilgan murojaatida Mursiy jiddiy iqtisodiy muammolarni hal etish uchun hukumat va muxolifat hamkorlik qilishi lozim, dedi.

"Hokimiyatga kelganimdan beri demokratiyaga o’tish jarayonini tezlashtirib, qator xatolarga yo’l qo’yganimizni tan olaman", - dedi davlat rahbari.

Liberal guruhlar nazarida konstitutsiya matni – islomiy kuchlar mahsuli bo’lib, boshqa arboblarning qarashlari inobatga olinmagan.

Prezident Mursiyga ko’ra, bosh qomus barcha fuqarolar huquqlarini himoya qiladi va tenglikni ta’minlaydi.

"Albatta, hozirgi konstitutsiya hammaga ham yoqmasligi mumkin, munozara – jamiyat uchun sog’lom amaliyot", - deydi Mursiy.

Kecha parlamentning yuqori palatasiga prezident tomonidan tayinlangan 90 a’zo qasamyod keltirgan. Sho’ro Kengashida prezidentga sodiq islomiy arboblar ko’pchilikni tashkil qiladi. Ikki oydan so’ng quyi palataga deputatlar saylanadi. Muxolifat unda ko’pchilik o’rinlarni qo’lga kiritishga hamda konstitutsiyani qayta ko’rib chiqishga umid qilmoqda.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG