Davlat kotibasi Xillari Klintonning aytishicha, Qo’shma Shtatlar Misrdagi siyosiy islohotlarni qo’llab-quvvatlaydi.
Klinton bugun Qohirada yangi rahbar Muhammad Mursiy bilan ko’rishdi.
Amerika yordam berishga tayyor, lekin reformalar va o’tish davri qanday kechishini misrliklar hal qilishi lozim, deydi u.
Shu bilan birga, bu yurtda demokratiya qaror topib, harbiylar faqat mudofaa bilan shug’ullanishi tafadorimiz, dedi u.
“O’tgan yili mamlakatda iqtisodiy o’sish sust, turizm qattiq ziyon ko’rdi. Moliyaviy jihatdan qo’llab yuborishga kelganda Amerika shay”, - dedi Klinton. O’rta va kichik bizneslarga ko’makni ko’zlovchi 250 million dollar ana shular jumlasidan.
Arbob haqiqiy demokratiya dialog va murosaga asoslanishini eslatmoqda.
Ikki kunlik safari davomida diplomat mamlakatni yaqingacha boshqarib kelgan harbiy kengash rahbari, feldmarshal Muhammad Husayn Tantaviy bilan ham ko’rishadi.
Qo’zg’olonlar natijasida sobiq rahbar Husni Muborak hokimiyatdan ketganidan beri davlat tizgini harbiylar qo’lida va yangi prezident Mursiy generallar bilan bahslashib olishga ulgurdi.
Harbiylar prezident vakolatlarini qisqartirgan; o’tgan oy esa Oliy sud qo’llab-quvvatlovida Musulmon Birodarlar hukmron parlamentni tarqatib yubordi.
Ko’p o’tmay, Mursiy parlamentni qayta ishga chorlab, generallar va adliya organlari asabiga tegdi.
Klinton tashrifi arafasida Qohirada o’nlab odamlar namoyishga chiqib, Amerikani o’zga davlat ishlariga aralashayotganlikda ayblab tanqid qildi.