Feldmarshal Abdul Fattoh al-Sissiy Misrning navbatdagi prezidenti etib saylanishi kutilmoqda.
Qohiradagi muxbirimiz Elizabet Arrotning hikoya qilishicha, qo’zg’olonlardan charchagan xalq orasida uning tarafdorlari juda ko’p. Mahalliy matbuotda al-Sissiy olqishu maqtovlar bilan kunda tilga olinadi.
Misr armiyasi rahbari Abdul Fattoh al-Sissiy tillarda doston. Prezidentlikka hali nomzodini e’lon qilmagan bo’lsa-da, tarafdorlari uni bu yurtning yagona umidi deb ta’riflaydi.
“Kuchli Misr” partiyasi asoschisi Abdul Monaym Abul Fatuh hozirgi jarayonlarni kuzatib deydiki, “yo u, yo hech narsa” qabilidagi yondashuv xalq hanuz g’aflatda yashayotganidan dalolat.
“Axir haqiqiy saylovlar bo’lsin, odamlarga tanlash huquqi berilsin deb inqilob qilmaganmidik”, - deb so’raydi u.
Abul Fatuh fikricha, harbiylar qo’li ostidagi hozirgi hukumat adolatli saylovga yo’l bermaydi.
“Terrorizmga qarshi kurash bahonasida siyosiy muxolifatni ezishyapti. Barcha siyosiy kuchlar orasida muloqot zarur”.
“Kuchli Misr” partiyasi rahbari shu maqsadda 2012-yilgi saylovda prezidentlikka nomzodini qo’ygan edi. U Musulmon Birodarlar harakatini tark etib, o’zini mo’tadil qarashdagi mustaqil siyosatchi deb tanishtirdi, talabalardan tortib, ayollar va ultra-konservativ salafiylargacha, ko’pchilikni o’ziga ergashtira oldi.
Poygani sobiq safdoshi Muhammad Mursiyga boy bergach, Abdul Monaym Abul Fatuh yangi partiya tuzadi, erta saylovlar o’tkazishga chaqiradi. Shu bilan birga Mursiyning harbiylar tomonidan hokimiyatdan chetlashtirilganini ham qoralaydi.
“Harbiylar fuqaro urushini bartaraf etdik deb da’vo qilayapti, ammo mamlakat bugun yana urush ostonasida. Jamiyatda parokandalik hukm surayapti”, - deydi suhbatdosh.
Ayrimlar nazarida Misrdagi mavjud muammolarni hal qilishga qodir tajribali, pishiq siyosatchilar yo’q. Abul Fatuhning, masalan, asl kasbi shifokor. 2012-yilgi saylov kampaniyasida u kuchli iqtisodiy dastur bilan chiqa olmadi, deydi ba’zilar.
Siyosiy tahlilchi Hisham Qosim tahlilicha, Misr xalqining o’zida ham gap ko’p. Uzoq yillik diktaturaga qarshi bosh ko’targan omma ongiga avtoritar boshqaruv singib ketgan.
“Agar general al-Sissiy prezidentlik menga kerak emas deb ertaga bayon qilsa, unga o’xshagan yana bir boshqasini topishadi”, - deydi Qosim.
Abdul Monaym Abul Fatuh harbiy yetakchilar barobarida siyosiy partiyalarni ham tanqid ostiga oladi.
“Siyosatchilarimiz muloqot qilishga, demokratik jarayonning ajralmas qismi bo’lmish bir narsani qo’lga kiritib, boshqasini boy berishga tayyor emas”, - deydi u.
“Kuchli Misr” partiyasi rahbari Misrni “qo’rquvga asoslangan respublika” deb ataydi va kelasi prezident saylovlarida qatnashmoqchi emas.