Misrda Musulmon Birodarlar harakati mamlakatni vaqtincha boshqarayotgan harbiy kengashni davlat to’ntarishini amalga oshirishga urinayotganlikda ayblab, so’nggi qarorlariga qarshi turishini bildirmoqda.
Jumladan, harakat sudlarga ichki va tashqi siyosatdagi ayrim masalalarni hal etish vakolatining berilgani hamda harbiylar hokimiyatini kuchaytiruvchi muvaqqat konstitutsiyaga qarshi chiqmoqda.
Bugun harakat aholini ommaviy namoyishlarga da’vat etgan. Musulmon Birodarlar aksariyatini ularning tarafdorlari egallagan parlament quyi palatasining tarqatilib yuborilganidan ham norozi.
Harbiy kengash hokimiyatni oy oxirigacha yangi saylangan prezidentga topshirishga va’da bermoqda. Biroq muvaqqat konstitutsiyada prezident vakolatlari cheklangani aytiladi.
AQSh Davlat departamenti va Mudofaa vazirligi so’nggi siyosiy jarayonlarga xavotir bilan qaramoqda.
“Qo’shma Shtatlar yangi konstitutsiyani yaratish jarayoniga barcha siyosiy kuchlarni jalb etish, demokratik tartibda saylangan parlament ishiga to’siq qo’ymaslik, hokimiyatni harbiylardan saylangan hukumatga topshirish tarafdori”, - deydi Davlat departamenti matbuot kotibi Viktoriya Nuland.
Prezident saylovlarining shanba va yakshanba kuni o’tgan ikkinchi bosqichi rasmiy natijalari hali ma’lum bo’lmasligiga qaramay, Musulmon Birodarlardan nomzod Muhammad Mursiy g’alabasi haqida e’lon qilgan.
Uning raqibi, sobiq bosh vazir Ahmad Shafiq bu da’volarni inkor etib, g’alaba u tomonida ekanini aytmoqda. Norasmiy hisoblarga ko’ra, Mursiy 52 foiz ovoz to’plagan.