Misrda yangi konstitutsiya matni referendumga chiqarildi. Fuqarolar ikki kun davomida hujjatga o’z munosabatini bildirishi kerak bo’ladi. Bu so'nggi uch yilda uchinchi konstitutsiyadir.
Agar yangi konstitutsiya qabul qilinsa, mamlakat tizginini qo’lda ushlab turgan armiya qo’mondoni va mudofaa vaziri Abdul Fattoh Al-Sissiy o’z nomzodini prezident saylovlarida qo’yishi mumkin.
Harbiylar sobiq prezident Muhammad Mursiyni o’tgan yil iyulida hokimiyatdan ag’darib, uni sudga bergan. Shundan keyin Mursiy tashabbusi bilan qayta yozilgan konstitutsiya bekor qilinib, yangi bosh qomus yaratildi. Undan islomiy qoidalar chiqarilib, ayollar huquqlari kengaytiriladi, harbiylar vakolati ham oshiriladi.
Sobiq prezidentga sodiq “Musulmon birodarlar” harakati aholini referendumni boykot qilishga chaqirmoqda. Shunga qaramay, deya bashorat qiladi tahlilchilar, hujjat qabul qilinadi. Chunki "Musulmon birodarlar" oldingiday kuchli emas - hukumat ularning yetakchilarini hibsga olib, a'zolarini ta'qib qilgan.
AQSh Davlat departamenti yangi konstitutsiyaga qarshi ovoz bergan misrliklarga bosim o'tkazilayotgani haqidagi xabarlardan tavishda ekanini bildirgan.