So’nggi haftalarda Misrda harbiylar yetakchiligidagi hukumat “Musulmon birodarlar” harakati faoliyatini cheklovchi choralarni kuchaytirdi. Guruh terrorchi deya tamg’alandi. Uni qo’llab-quvvatlashda gumon qilingan “Al-Jazira” jurnalistlari hibsga olindi. Fuqaroviy erkinliklar himoyachilari va siyosiy tahlilchilar bunday harakatlarni tanqid qilmoqda.
Ayrim shahar va o’quv yurtlarida sobiq prezident tarafdorlarining chiqishlari davom etayotgan bo’lsa-da, hukumatning namoyishchilarga qarshi choralari samara berayotgan ko’rinadi. Muhammad Mursiyni hokimiyatda qayta tiklashni talab qilayotganlar soni kamaygan.
Qohiradagi Amerika universitetida siyosatshunos-professor Kamol Sulton namoyishchilarni talaba yoki jurnalistlar deya ta’riflash noto’g’ri degan fikrda.
“Ularni talaba yoki jurnalist desak, mafkurasi yo’q guruh haqida gapirayotgandek bo’lamiz. Vaholanki, bular “Musulmon birodarlar” tashkilotining a’zolari. “Al-Jazira”ga kelsak, afsuski, u Misrdagi mojaroning uzviy qismi bo’lib kelgan. Tarafkarshlik qildi. Lekin vaziyat o’zgardi va “Al-Jazira” islomiy guruhlar tarafida qoldi”.
“Musulmon birodarlar” va harbiylar boshliq dunyoviy hukumatning murosaga erishishining iloji yo’q, deydi tahlilchi.
Hukumat siyosiy islomni o’zgartirish harakatida. Masalan, “Musulmon birodarlar”ni siyosatdan chetlashtirib, “Al-Nur” kabi mo’tadil qarashlarga ega guruhlarga faol bo’lishni, parlament saylovlarida qatnashishini ruxsat etmoqchi.
Yana bir siyosatshunos Said Sodiq “Musulmon birodarlar” namoyishlar yordamida referendumni bekor qilmoqchi, degan fikrda.
“Agar referendumda 50 million saylovchidan 25 millioni qatnashsa, “Musulmon birodarlar” va Mursiy rejimining kuni bitdi deyavering. Bu tashkilot 1928-yildan buyon faol. Uning mag’lubiyati dunyodagi boshqa islomiy guruhlarga ta’sir qilishi shubhasiz”.
Yaqinda Misrning muvaqqat prezidenti Odil Mansur prezident saylovlarini parlament saylovlaridan oldin o’tkazish taklifi bilan chiqdi. Tahlilchi Sulton fikricha, bu to’g’ri taklif, chunki parlament saylovlari oldidan siyosiy guruh va partiyalar orasidagi raqobat sababli tafovutlar kuchayishi mumkin, yangi prezident esa vaziyatning barqarorlashishi va taraflarning birlashishida muhim rol o’ynaydi.
Ko’pgina kuzativchilar harbiylar boshqarayotgan o’tish davriga tanqidiy yondashmoqda.
Yoxannesburgdagi Afrika va Yaqin Sharq tadqiqotlari markazi rahbari Naim Jina saylovlar muddatini belgilash ham siyosiy o’yin, deydi.
“Agar prezident etib kuchli arbob saylansa, u parlament saylovlari muddatini ham, qoidalarini ham belgilab berishi mumkin. Armiya rahbari general Abdul Fattoh Al-Sissiy prezidentlikka da’vo qiladi. U saylansa, shuncha yil davomida nafaqat Misr, balki butun qit’ani qiynab kelgan rahbarlardan farq qilmaydigan rahbarga ega bo’lamiz”.
Namoyishchilarga qarshi ko’rilayotgan choralar nafaqat islomiy kuchlar, balki Mursiyning hokimiyatdan ag’darilishini tanqid qilgan boshqa taraflarga qarshi qaratilgan, deydi tahlilchi. Uning fikricha, hozirgi ziddiyat aslida islomiy kuchlar va dunyoviy qarashdagi guruhlar o’rtasida emas, balki harbiylarning siyosatdagi kuchli roli tarafdorlari va bunga qarshilar orasida kechmoqda.
Qohiradagi Amerika universiteti tahlilchisi Muhammad Hamas Al-Masriyning ta’kidlashicha, o’tkazilgan so’rovlar Misr jamiyatida bo’linish kuchli ekanini ko’rsatmoqda. Matbuot esa murosani targ’ib etish o’rniga muvaqqat hukumat yonini oladi, deydi u.
“Avgust oyidagi qirg’indan keyin Misr matbuoti hukumat boshlab bergan zo’ravonliklarni olqishladi. Bir xususuy telekanalda katta namoyishning tarqatilayotgani ko’rsatilar ekan, g’oliblarni olqishlovchi musiqa yangradi”.
Hukumat bir tarafga imtiyoz berib, boshqalarni siyosatdan chetlatib qo’ysa, qonun ustuvorligini ta’minlamasa, demokratiya qaror topmaydi, deydi Al-Masriy.
Ammo “Misrga barqarorlik kerak, inqilobga hojat yo’q” deyayotganlar ham kam emas. Harbiylar rahbarligidagi hukumat va ko’p partiyaviy yangi parlament barqarorlik sari qo’yilgan qadamlar bo’ladi, deydi ular.