Breaking News

Prezident Obama: Misrda islohotlar shu bugun boshlanishi kerak


Prezident Obama: Misrda islohotlar shu bugun boshlanishi kerak
Prezident Obama: Misrda islohotlar shu bugun boshlanishi kerak

"Jarayon tartibli ravishda o'tishiga, yangi hukumat esa AQSh bilan hamkorlikni davom ettirishiga umid qilaman", deydi Obama.

Prezident Obama nazarida, Misr ulkan o'zgarishlarga yuz tutmoqda. Jarayon tartibli ravishda o'tishiga, yangi hukumat esa AQSh bilan hamkorlikni davom ettirishiga umid qilaman, deydi Obama.

Uning aytishicha, Qo'shma Shtatlar Muborakdan qachon iste'foga chiqishni buyura olmaydi. Ammo jiddiy islohotlar shu bugundan boshlanishi kerak, deydi AQSh rahbari.

"Musulmon birodarlar" harakatining bo'lajak hokimiyatdagi roliga munosabat bildirar ekan, Obama undan boshqa siyosiy guruhlar borligini, harakatni hamma ham qo'llab-quvvatlamasligini ta'kidlaydi.

AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton rasmiy Vashington pozitsiyasini ta'kidlagan holda prezident Muborak taqdiri Misr xalqi qo'lida, deydi.



Klintonning aytishicha, Muborakdan shu bugunoq iste'foga chiqishni talab etish to'g'ri emas.
Misr konstitutsiyasiga ko'ra, prezident hokimiyatdan ketsa, saylovlar 60 kun ichida o'tkazilishi kerak, biroq, deydi Klinton Misrdagi ayrim muxolif arboblar fikriga ishora qilgan holda, bunday qisqa vaqt ichida ishonchli, puxta saylov tashkil etish mumkin emas.

AQSh Senati Tashqi aloqalar qo'mitasi raisi Jon Kerri Misr vitse-prezidenti va muxolifat vakillari o'rtasida kechgan uchrashuvni olqishlaydi.

"So'nggi kunlarda qator ijobiy voqealarga guvoh bo'lyapmiz. Husni Muborak yangi saylovlarda qatnashmaslikka, o'g'li Jamolni saylovlarga yo'latmaslikka va'da berdi. Vitse-prezidentni tayinladi. Namoyishchilar bilan muloqot boshladi. Favqulodda holat haqidagi qonunni bekor qilishga so'z bermoqda. Bu Misrda demokratik jarayon yo'lida katta yutuq bo'ladi. Odamlarda qo'rqmasdan uyushishga, erkin fikr bildirishga imkon tug'iladi", - deydi Kerri.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG