Misrda harbiylar tomonidan qo’llab-quvvatlangan muvaqqat rahbariyat liberal qarashlari bilan tanilgan Muhammad al-Barodiyni vitse-prezident lavozimiga ma’qulladi.
BMT Atom energiyasi sobiq rahbari, tinchlik uchun Nobel mukofoti sohibi bugun prezident Adli Mansur huzurida qasamyod keltirdi.
Barodiy ikki hafta oldin prezident Muhammad Mursiy iste’fosini talab qilib namoyishlar uyushtirgan muxolifat boshida turgan edi. Ilk erkin saylovlar yo’li bilan davlat tepasiga kelgan Mursiy, ular nazarida, hokimiyatni islomiy kuchlarga topshirdi va iqtisodiyotni vayron qildi. Namoyishlar ketidan harbiylar sudya Adli Mansurni yangi vaqtli rahbar etib tayinladi.
O’z navbatida muvaqqat bosh vazir Hazim al-Biblaviy yangi Vazirlar Mahkamasi tarkibi ustida ishlashda davom etmoqda.
Bundan tashqari, tashqi ishlar vaziri lavozimiga Misrning AQShdagi sobiq elchisi Nabil Fahmi nomzodi ko’rsatilgan. Yaqin kunlarda boshqa vazirlar nomi ham ma’lum bo’lishi kutilmoqda.
Bu orada, Misr prokuraturasi Mursiy va unga sodiq Musulmon Birodarlar partiyasi a’zolariga qarshi jinoiy ish qo’zg’atishga hozirlik ko’rayapti. Mursiy hukumatdan ag’darilganidan beri armiya qo’lida, biroq aynan qayerda ekani e’lon qilinmayapti.
Prokuraturaning kecha bildirishicha, birodarlarga qarshi qator shikoyatlar tushgan. Ular, xususan, zo’ravonlikni avj oldirganlik, josuslik, iqtisodiyotga ziyon keltirganlikda ayblanayapti.
Musulmon Birodarlar ertaga poytaxt Qohirada ommaviy namoyishlarga chaqirayapti. Partiya Mursiy lavozimida qayta tiklanishi kerak, deydi.