Breaking News

Saylov yosh avlod uchun siyosiy saboq


Saylov yosh avlod uchun siyosiy saboq
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:41 0:00

Amerika saylov tizimi murakkab. Ota-onalar bolalarga jarayonni tushuntirishga urinar ekan, ko’pchilikning umidi maktabdan. Bola saylov haqida o’qituvchidan ilm olgani ma’qul. Virjiniya shtatidamiz.

O’rta maktabda siyosatshunoslik va jamiyatshunoslik darsi. Bolalar siyosiy reklamalarni tomosha qilmoqda. Saylov oldidan targ’ibot kuchayadi.

12-13 yoshda bola davlatchilik nima ekanini o’rganishga tayyor, deydi muallimlar. Har bir saylov o’ziga yarasha saboq, o’ziga yarasha tarix.

"Yangiliklarni o’qib, gazeta va telekanallardagi dasturlarni tomosha qilish bilan cheklanar edik. Turli saytlardagi materiallarni tahlil qilar edik. Lekin bugunga kelib buning o’zi yetmaydi. Savollar ko’p”, - deydi o’qituvchi Javan Perkins.

Sakkizinchi sinf o’quvchilariga xabarlar kam, qolaversa uni tushunish ham qiyin. Masalan, prezidentlikka respublikachi nomzod Donald Trampning qiliq va gaplarini.

Tramp jinsiy bosim va aloqa haqida bemalol gapiraveradi, deydi Perkins, hammaning ustidan kuladi.

"Siyosiy ahloqsizlik haqida ham bilim berishimiz kerak. Odob va mas’uliyat xususida ham gapalashamiz”, - deydi Perkins.

Ilm berish oson ish emas, albatta. Bolalar siyosat va siyosiy hayot qanchalik murakkab, sinovli maydon ekanini o’rganayapti.

Prezidentlikka demokrat nomzod Hillari Klintonning reklamasini tomosha qilgan o’quvchilar ularning mazmunini kun sayin yangilanganini kuzatdi.

“Oldingi nomzodlar reklamalarda juda rasmiy ko’rinishda chiqqan. Jiddiy masalalarni ko’targan. Jiddiy muammolarga jiddiy yechimlar taklif qilgan. Hozirgi nomzodlar esa bir-biriga tosh otish bilan band. Bolalarga o’xshashadi. Maqsadi nima ekanini aniq aytmaydi. Uyat, menimcha”.

O’qituvchi Javan Perkins ham shunday fikrda. Siyosiy reklamalar safsata, quruq propaganda, deydi u.

“Bolalarga ko’rsatib, mana mamlakatimiz siyosiy hayoti bilan tanishing deyishga iymanadi odam. Namuna degan narsa yo’q”,- deydi muallim.

“Soliq, soliq deb ko’p gapirishadi lekim muammo nimada ekanini tushunish qiyin. Chunki biror nomzod bu haqda aniq gap aytmaydi. Klinton unaqa, Tramp bunaqa… Debatlarda ham quruq gap bilan olishishdi, ulardan hech narsa o’rganmadik”, - deydi 8-sinf o'quvchisi.

Bu bolalar 2024-yilgacha ovoz bera olmaydi. Demak, o’rganish va savol berish uchun hali vaqti yetarli. Muallimlar esa siyosatshunoslik va jamiyatshunoslik darslarini mukammallashtirish harakatida. #

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG