Yevropa Ittifoqining tashqi aloqalarga mas’ul rasmiysi Ketrin Eshton bugun Tojikistonga borib, prezident Emomali Rahmon va boshqa rasmiylar bilan ko’rishgan. Mintaqada suv va energetika bilan bog’liq bahslar, Afg’oniston kelajagi muhokama etilgan.
Yevropa Ittifoqining tashqi siyosat va xavfsizlik masalalari bo’yicha oliy vakili, Markaziy Osiyo bo’ylab safar qilayotgan Ketrin Eshton bugun Dushanbeda.
Prezident Emomali Rahmon bilan Afg’oniston istiqboli, 2014-yilda xalqaro qo’shinlar ketgach ham bu davlatni suyashda davom etish masalasini tilga olgan. Bu pallada afg’on xalqini qo’llab yuborish g’oyat muhim, deydi Eshton.
Suv va energetika region uchun naqadar dolzarb ekanini tushunamiz, deydi ittifoqning bosh diplomati.
"Tojikiston energiyaga muhtoj", - deydi u. Eshton maslahati - bu talabni qondirish uchun qo’shni davlatlar kelishib ishlasin. Ittifoq ham yechim bilan yordam berishga, energiya ishlab chiqarishning muqobil yo’llarni izlab topishda ko’maklashishga hozir, dedi diplomat.
Eshton Tojikiston Jahon savdo tashkilotiga kirish arafasida ekanidan mamnun. Bu savdo va sarmoyani rivojlantirish uchun mustahkam asosdir.
Ittifoq oxirgi 20 yilda Tojikistonga 600 million yevrolik yordam uzatgan. Eshton safari chog’ida agrobiznesda raqobatni yoqlovchi yangi bitimni imzoladi. Qiymati 16 million yevroga teng hujjat.
Eshton prezident Rahmonni siyosiy islohotlarni davom ettirish, qonun ustuvorligi va inson huquqlarini e’zozlashga undadi. Qonunlar e’zozlangan, fuqarolik jamiyati kuchli bo’lgan davlatga xorij sarmoyasi ham osonroq kiradi, dedi rasmiy.
Yevropa Ittifoqi mulozimi kecha O’zbekistonda prezident Islom Karimov bilan suhbatda ham shu mavzuni ko’targan edi.
“Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyodagi sheriklaridan biri, O’zbekistonga safar qilish imkoniyatidan mamnunman”, - dedi Ketrin Eshton.
“Prezident Karimov va Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan ko’rishib, Afg’oniston borasida hamkorlik, adliya tizimi islohoti va fuqaro jamiyatini mustahkamlash haqida fikr almashdik”, - dedi u.
Eshton O’zbekiston fuqarolik jamiyati vakillari bilan ham uchrashgan.
Bu insonlar, xususan, huquq himoyachilari har qanday reformaning muhim qatnashchilaridir va ularni rag’batlantirish kerak, dedi ittifoq diplomati.
Tojikistondan keyin Eshton Qozog’istonga yo’l oladi.
Tojikiston tashrifi suratlarda:
Rasmiyning Toshkentda qilgan bayonoti (Yevropa Komissiyasi saytidan olindi):