Breaking News

Britaniyaning Yevropa Ittifoqi tarkibida qolishi noma'lum


23-iyun kuni Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidagi a’zoligi taqdiri hal bo’ladi. Mamlakat tashkilotdan chiqadimi yoki unda qoladimi, hozircha aytish qiyin. Britaniyaning Yevropa Ittifoqini tark etishiga qarshi chiqqan parlament deputati Jo Koksning o’ldirilishi ketidan ba’zi saylovchilar fikrini o’zgartirgan ko’rinadi.

Koks Leyboristlar partiyasidan bo’lib, uning o’limi ortida siyosiy sabab borligi aytilmoqda. Qonunchilar hamkasbini xotirlash uchun dushanba kuni ta’tildan qaytdi.

“Jo “Yevropa bilan birmiz, manfaatimiz bir” deb kelgan edi”, - dedi Bosh vazir Deyvid Kameron.

Britaniyaliklar ham, bu mamlakat siyosatchilari ham Yevropa Ittifoqi a’zoligi bo’yicha ikki lagerga bo’lingan. Bosh vazir fuqarolarni tashkilotda qolishga da’vat etmoqda, biroq uning Konservativ partiyadagi ayrim safdoshlariga ko’ra, Britaniya suverenitetining bir qismini Bryusselga berib qo’ydi.

"Dunyoning hech bir joyida bir necha davlatni bir-biriga qorishtirib, supermamlakat yaratishga qaratilgan tajribani ko’rmaysiz. Yevropa Qo’shma Shtatlari g’oyasi demokratiyaga ziddir”, - deydi London sobiq meri Boris Jonson.

Obama ma’muriyati Britaniyaning Yevropa Ittifoqida qolishi tarafdori. Biroq Oq uy buni britan xalqi hal qilishi lozim, deya bayonot chiqardi.

"Xalq mamlakat manfaatidan kelib chiqib ovoz bersin. AQSh uchun eng yaxshisi Britaniyaning ittifoqda qolgani. Ikki mamlakat o’rtasidagi maxsus munosabatlarni hisobga oladigan bo’lsak, bu juda muhim", - dedi Oq uy matbuot kotibi Josh Ernest.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG