Tinchlik uchun Nobel mukofoti bu yil Yevropa Ittifoqiga nasib etdi. A’zo davlatlar mana 60 yildan oshibdiki, Yevropada tinchlik, demokratiya va inson huquqlari qaror topishi yo’lida xizmat qilib keladi, deyiladi Nobel qo’mitasi bayonotida.
Bugun mintaqa davlatlari o’ta og’ir iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni boshidan kechirayotgani sir emas.
Bu sharoitda ham ittifoq ahli Yevropani urush qa’ridan farovonlik va taraqqiyotga yetaklaganini esda tutish, tahsin aytish kerak, deyiladi unda.
Yevropa Kengashi prezidenti Joze Manuel Barrozo mukofotdan mamnun va ittifoq fuqarolar hamda jahon ahli manfaatlari uchun ishlashni ustun deb biladi, deydi.
Hafta boshidan beri Nobelning har xil sohadagi g’oliblari ma’lum bo’ldi. Tibbiyotdagi izlanishlari uchun britaniyalik Jon Gurdon va yaponiyalik Shinya Yamanaka, fizika sohasida fransiyalik Serj Xaroke va amerikalik Deyvid Vaynland, kimyoda amerikalik Robert Lefkovits va Brayan Kobilkalar qo’li baland keldi. Adabiyot yo’nalishida sovrin xitoylik adib Mo Yanga beriladi.
Mukofotlar 10-dekabrda Stokgolm va Oslodagi marosimlarda egalariga topshiriladi.
Xitoylik Mo Yan kutilmaganda vatandoshi, tinchlik uchun Nobel sovrini sohibi Lyu Shiaobo taqdiridan so’z ochgan.
U qamoqdagi adib tez orada ozod qilinadi degan umidda. 57 yoshli Mo Yan shu paytgacha dissident kasbdoshi haqida, umuman, vatanida inson huquqlari bilan bog’liq ahvol borasida sukut saqlayotgani uchun tanqid qilinayotgan edi.
Lyu Xitoyda mavjud tuzumga tahdid solganlik aybi bilan 11 yillik qamoq jazosini o’tamoqda.
Mo Yan isyonkor adib imkon qadar tez qo’yib yuboriladi, siyosiy va ijtimoiy hayotni bemalol qalamga oladi, deya umid bildirdi.
Ikki yil oldin Lyu Nobelning tinchlik uchun sovriniga loyiq topilgach, rasmiy Pekin keskin tanqid bilan chiqqan. Dissident adibning nomi ortiq tilga olinmay, u G’arb qo’g’irchog’i deya tamg’alangan.