Breaking News

Yevropa Iroqdagi ahvoldan vahimada, qurol berish muhokamada


Yevropa Ittifoqi Tashqi ishlar vaziri Ketrin Eshton, Italiya Tashqi ishlar vaziri Frederika Mogerini, Shvetsiya Tashqi ishlar vaziri Karl Bildt Bryusseldagi muzokarada.
Yevropa Ittifoqi Tashqi ishlar vaziri Ketrin Eshton, Italiya Tashqi ishlar vaziri Frederika Mogerini, Shvetsiya Tashqi ishlar vaziri Karl Bildt Bryusseldagi muzokarada.

Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlari bugun favqulodda majlis o’tkazib Iroqda jangarilar bilan olishayotgan kurd armiyasini qurollantirish haqida gaplashmoqda.

Bryusseldagi uchashuv Bosh vazir Nuri al-Malikiy xalqaro bosim oqibatida lavozimidan ketishga rozi bo’lgan, yangi bosh vazirni qo’llab-quvvatlashini aytgani ketidan o’tayapti.

Malikiyning qarori chet davlatlarni harbiy yordamni oshirishga rag’batlantirishi mumkin. Jangarilar Iroq shimoli-g’arbining katta qismlarini egallab olgan. Ular o’sha yerdan turib G’arbga hujumlarni amalga oshirishi mumkin, degan xavotir kuchli.

Yevropa Ittifoqi mojaroga qanday yondashish yuzasidan qoq ikkiga ajralib qolgan. Ayrim mamlakatlar, jumladan, Britaniya va Fransiya Amerika ketidan kurd armiyasini qo’llab-quvvatlashga kirishdi.

Germaniya esa urushga aralashishga shoshmayapti va insonparvarlik yordami jo’natish bilan cheklanayapti.

Iroq qurolli kuchlarining sunniy ekstremistlar bilan olishishga kuchi yetmayapti. Nuri al-Malikiy boshqaruvi davrida davlatni birlashtira olmaganlikda, aksincha, ozchilik elatlarni va diniy guruhlarni kamsitganlikda ayblanadi.

Kechagi chiqishida Malikiy nihoyat bosh vazirlikka nomzod Haydar al-Abadiyni yoqladi. “Menga biror lavozim kerak emas va Iroqdagi siyosiy jarayonlarni tezlatish uchun ishimdan ketishga tayyorman. Iroq manfaatlari yo’lida Haydar al-Abadiyning nomzodini qo’llab-quvvatlayman”, - deydi Malikiy.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG