Breaking News

Yevropa dengizda odam savdosiga qarshi kurashni kuchaytiradi


Dengizga g'arq bo'lgan migrantlarning jasadlarini italiyalik harbiylar tashib ketmoqda
Dengizga g'arq bo'lgan migrantlarning jasadlarini italiyalik harbiylar tashib ketmoqda

Yevropa Ittifoqiga a'zo 28 davlat rahbarlari dengiz orqali amalga oshirilayotgan noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash xususida bugun Bryusselda fikr almashgan.

Yakshanba kuni Italiya oroliga yaqin joyda kema ag'darilib, undagi 900 migrant halok bo'lgach, Yevropa Ittifoqi inson savdosi bilan shug'ullanayotgan to'dalar va ularning kemalariga qarshi harbiy chora ko'rishni ham taklif etmoqda.

Odamlar Afrika, Yaqin Sharq va Osiyodan dengiz yo'llari orqali Yevropaga borishga harakat qiladi. Biroq teploxod va kemalar odatda yo'lovchilarga haddan tashqari to'lib, ba'zi hollarda fojia yuz beradi.

Yevropa rahbarlari O'rta Yer dengizini nazorat etuvchi patrul sonini oshirish ustida ham o'ylanmoqda. Bundan tashqari Yevropa sohillarigacha yetib borgan muhojirlardan besh ming kishini Yevropaning ba'zi mamlakatlarida joylashtirish xususida ham kelishib olindi.

Yakshanba kungi fojiadan so'ng 24 kishining jasadi topildi, xolos. Bugun Maltada ularni dafn etish marosimi o'tkazildi.

Inson huquqlari bilan shug'ullanuvchi Xalqaro Amnistiya tashkiloti Yevropa rahbarlarini dengizni nazorat etish uchun ko'proq kema, samolyot va boshqa vositalar ajratishga chaqirdi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG