Breaking News

Qirg'izistonda ekstremizmga qarshi kurash avjida


Bishkek masjidlarida
Bishkek masjidlarida

Qirg’izistonda ekstremistik guruhlarning a’zolari qo’lga olingani haqida xabarlar tez-tez quloqqa chalinadi. Huquq-tartibot organlari terrorizmga qarshi kurash choralarini kuchaytirmoqda. Asossiz ta’qiblar haqida shikoyatlar ko'paygan.

Ekstremizmga qarshi choralar huquqni toptamasligi kerak, Qirg'iziston
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:08:37 0:00
Qirg'izistonda terrorizmga qarshi kurash qanday kechmoqda?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:05:09 0:00
Ekstremizmga qarshi kurash haqida ekspertlar bilan suhbat, Qirg'iziston
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:43 0:00

Advokat Sodiqjon Mahmudov O’sh shahridagi “Sulaymon nuri” deb nomlangan inson huquqlari tashkiloti rahbari. Ushbu idora huquq-tartibot tizimlari bilan yaqindan muloqotda va tabiiyki, ular faoliyatidan xabardor.

“Suriya va Iroqdagi voqealar bois hozir Qirg’izistonda mamlakat hududidan chetda terroristik guruhlar faoliyatida ishtirok etishda gumon ostiga olinayotganlar oz emas. Shuningdek, tartibot tizimlari Hizb ut-Tahrir kabi mamlakatda taqiqlangan tashkilotlar a’zolari, deyilayotgan odamlarni shubha ostiga olib keladi. Dalil-isbot yetarli bo’lsa - boshqa gap. Ammo ko’p hollarda aynan isbot-asos yetishmaydi. Masalan, qaynoq hudud bilan chegaradosh Turkiyaga borib turish yoki ijtimoiy tarmoqdagi faollik jiddiy ayblov uchun asos bo’lolmaydi ”, - deydi huquqshunos.

Adliya vazirligi man etilgan diniy adabiyot ro’yxatini tuzib chiqishi, aholi esa tegishli ma’lumotga ega bo’lishi darkor. Suhbatdosh fikricha, ana o’shanda odamlar qaysi kitobni sotib olish, undan foydalanish yoki tarqatish nojoizligini biladi, javobgarlikni his etadi.

“Bu o’rinda ekspertiza xizmati yo’lga qo’yilmagan. Bu ish uchun malakali, tegishli hujjatga ega mutaxassislar kerak. Hozircha esa huquq-tartibot idoralari tomonidan ashyoviy dalil, deya olb kelingan adabiyotni diniy idoralar xodimlari yoki ayrim o’quv yurtlari muallimlari tahlil qilib bermoqda va shu asosda kimdir jazoga hukm qilinmoqda”, - deydi suhbatdosh.

Aytish joizki, bunday materiallar odatda huquq-tartibot tizimlari o’tkazadigan tintuvlar paytida olib ketiladi.

“Tintuvlar esa mahkama ruxsatisiz, ya'ni qonunga xilof ravishda olib borilgan hollar talay”, - deydi Sodiqjon Mahmudov.

Rasmiy ma’lumotlarga binoan, Qirg’izistonda 19 tashkilot - Al-Qoida, Tolibon harakati, O’zbekiston islomiy harakati, “Islomiy davlat”, “Jabhat an-Nusra”, “Ansarulloh”, “Jihod guruhi”, “Jannat oshiqlari” , Akromiya va boshqalar ta’qiqlangan.

Mahalliy matbuotga ko’ra, keyingi bir necha yil ichida besh yuzdan ziyod fuqaro turli yollovchilar da'vatiga uchib Suriyaga ketgan.

“Albatta, bu o’rinda davlat va hukumat tashvishlari hamda chora-tadbirlarini tushunish mumkin. Aybsiz insonlar jabr tortmasa bo’lgani”, - deydi inson huquqlarini muhofaza qiluvchi tashkilot rahbari Sodiqjon Mahmudov.

Bishkeklik tarihchi, shaqshunoz, ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash masalalari bo’yicha mutaxassis polkovnik Begijon Ahmedov fikricha, umuman olganda, qirg’iz kuch tizimlari hamda huquq-tartibot idoralari faoliyati ijobiy bahoga loyiq.

Ahmedov kuzatuvlariga ko’ra, huquq-tartibot tizimlari xodimlarining, aytaylik, diniy oqimlar masalasida, bilimlari, saviyasi ancha oshgan.

“Oxirgi besh yilni oilsak, ekstremizm va terrorizm g’oyalari va amaliyotiga qarshi kurash Qirg’izistonda sistemali tus oldi. Mamlakatda 2014-2020 yillarga mo’ljallangan Diniy sohada davlat siyosati konsepsiyasi asosida chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Asosiy vazifalardan biri - profilaktika, oldini olish ishlari”, - deydi polkovnik Ahmedov.

Olib borilayotgan ishlar samara bermoqda, bir qancha yoshlar xatarli yo’ldan qaytarildi, o’nlab teraktlarning oldi olindi, deydi ekspert.

Ahmedovning aytishicha, asl e’tiqoddaman, deya fikrlab, salafiylar oqimiga tushib qolgan yoshlar, jihod, shahidlik g’oyalarini singdirib olgan odamlar orasida o’tkazilgan tadbirlar natija berayapti.

“Ayrim shubha ostiga olingan insonlar huquqlari buzilgan bo’lsa, bu korinishni umumlashtirish to’g’ri emas. Qay bir kishining huquqi poymol etilgan bo’lsa, u yuqori idoralar, to mamlakat prezidenti idorasigacha shikoyat qilishi mumkin va tegishli chora ko’riladi”, - deydi suhbatdosh.

Organlar jamoat tashkilotlari va keng omma bilan hamkorlik qilishi kerak, deydi Ahmedov.

“Toki oddiy odamlar kuch tizimlaridan qo'rqib qochmasinlar, uzoqlashmasinlar, balki ko’mak ko’rsatsinlar. Aholi, jamiyat ishonchi hamda qonun ustivorligi - yaxshi ishlar poydevori, kafolati”, - deydi O’sh shahridagi “Sulaymon nuri” nodavlat tashkilot boshlig’i, advokat Sodiqjon Mahmudov .

XS
SM
MD
LG